Ðåçóëüòàòîâ: 45

Sadir Japarov Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylashga chaqirdi

Sadir Japarov jahon yetakchilarini iyundagi saylovlarda Qirg‘izistonni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylashga chaqirdi. U o‘z mamlakati “pragmatik va siyosiylashtirilmagan qarorlar”ni ilgari surishga tayyorligini hamda MO davlatlarining yakdil qo‘llab-quvvatloviga ega ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-18 12:28

“Xavfsizlik va Yaqin Sharqdagi manfaatlar”. Abdulaziz Kamilov — O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilgani haqida

Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilganini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, bu, avvalo, xavfsizlik nuqtai nazaridan qilingan harakat. Shuningdek, Kamilov buni O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi manfaati va kengash maqsadlari O‘zbekiston tashqi siyosatiga mos ekani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-1-23 08:27

DXX raisi prezidentga mintaqaviy xavfsizlik, narkotrafik va korrupsiya masalalari yuzasidan axborot berdi

DXX raisi Bahodir Qurbonov mamlakatdagi xavfsizlik holati bo‘yicha prezidentga hisobot berdi. Unda korrupsiya sabab mingdan ortiq davlat xodimi ishdan haydalgani, yoshlar orasida sintetik narkotiklar tarqalishi 2 karra oshgani va 2026-yil korrupsiyaga qarshi “favqulodda holat” yili bo‘lishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2026-1-15 16:06

Mintaqaviy xavfsizlik, savdo va energetika. Shavkat Mirziyoyevning “MO — Rossiya” sammitidagi nutqi

Shavkat Mirziyoyev “MO - Rossiya” sammitidagi nutqida siyosiy muloqotni tizimli asosda davom ettirish, transport va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, raqamli texnologiyalar hamda kadrlar tayyorlash sohasida yangi formatda hamkorlik yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Yakunda Qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi. gazeta.uz »

2025-10-9 19:28

“BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirish tarafdorimiz”. Shavkat Mirziyoyev BMTdagi nutqida nimalar haqida gapirdi?

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida nutq so‘zlab, Xavfsizlik Kengashini transformatsiyalash va tarkibini kengaytirishni taklif qildi. U, shuningdek, yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlanganini e’lon qilib, mintaqa bo‘yicha alohida rezolyutsiya qabul qilishni ilgari surdi. gazeta.uz »

2025-9-24 00:19

“BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiyalash va tarkibini kengaytirish tarafdorimiz” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida nutq so‘zlab, Xavfsizlik Kengashini transformatsiyalash va tarkibini kengaytirishni taklif qildi. U, shuningdek, yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlanganini e’lon qilib, mintaqa bo‘yicha alohida rezolyutsiya qabul qilishni ilgari surdi. gazeta.uz »

2025-9-24 00:19

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning Italiya bilan xavfsizlik va iqtisodiyot bo‘yicha hamkorligini kengaytirishga chaqirdi

Prezident “MA-Italiya” sammitida terrorizm va noqonuniy migratsiya bilan kurashda maxsus xizmatlar hamkorligini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Boshqa tashabbuslar: dekarbonizatsiya bo‘yicha ko‘p tomonlama platforma ishga tushirish, Italiya kompaniyalarini vodorod loyihalari va YeIga yashil energiya eksportiga jalb qilish. gazeta.uz »

2025-5-30 18:22

O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlarining yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi maslahatlashuvlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashlari harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-3-28 16:44

Markaziy Osiyo va YI energetika, xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettiradi

MO va YI tashqi siyosat idoralari rahbarlari Ashxoboddagi uchrashuvda xavfsizlik, energetika, suv resurslari va inson huquqlarini himoyalashda hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi. Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash, iqlim inqiroziga qarshi kurash va Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirishga ham to‘xtalib o‘tildi. gazeta.uz »

2025-3-28 07:36

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik va zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish ishlari kuchaytiriladi

Prezident bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, seysmik xavf monitoringi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qurilishda davlat nazorati sifatini kuchaytirish, aholini zilzilaga tayyorlash va yangi ko‘p qavatli binolarni aktiv seysmik himolash rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2024-4-18 07:19