Ðåçóëüòàòîâ: 45

Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlarni O‘zbekistonda yangi sanoat zanjirlarini yaratishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida investorlariga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishda hamkorlikni taklif qildi. Prezidentga ko‘ra, hamkorlarga ichki bozor bilan bir qatorda qo‘shni mamlakatlar bozorlariga chiqish imkoniyati ham taqdim etiladi. gazeta.uz »

2026-6-5 18:46

O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasi bilan sanoat va muhim minerallar loyihalarini ilgari surish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni, jumladan, xavfsizlik, moliya va muhim minerallar sohalarida rivojlashtirish, Vashingtondagi C5+1 sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-10-27 18:08

Toshkentda issiqxona va sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahri va viloyatida issiqxona hamda sanoat obyektlarini ko‘mirdan boshqa energiya manbalariga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tegishli qarori loyihasida korxona va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, mavjud qozonlarni zamonaviylariga almashtirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-10-27 09:47

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida Texnologiya va sanoat sherikligi dasturi imzolanadi

Nyu Yorkda O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari uchrashuvida ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muhim xomashyo, kimyo, mashinasozlik, aviatsiya kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. gazeta.uz »

2025-9-24 04:26

Prezident Afg‘oniston bilan chegaraoldi savdo va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilma, qazib chiqarish, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Shavkat Mirziyoyev va Mulla Abdul G‘ani Barodar Xonkendidagi uchrashuvda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-3 16:57

Xitoylik investorlar O‘zbekistonga xavf solayotgani yo‘q — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoy investitsiyalari O‘zbekistonga xavf solayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. “Chet ellik investorlar O‘zbekistonda yer sotib ololmaydi, loyihalarda ish o‘rinlarining aksariyatini o‘zbekistonliklar egallaydi”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-3-17 15:19

“Ayollar to‘rtinchi sanoat inqilobida ishtirok etishi shart” — Women in Tech asoschisi Ayumi Mur Aoki

Women in Tech global tarmog‘i Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha maqsadi - 2030-yilgacha STEAM’da 5 mln ayolni qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” hamjamiyat asoschisi va rahbari Ayumi Mur Aoki bilan loyiha maqsadlari va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2024-12-24 05:53

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish - qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-23 19:06

Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi

Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2024-10-16 11:18

Davlat-boshqaruv, harbiy, ilmiy, geologiya va sanoat turizmi. O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinadi

O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab davlat-boshqaruv, harbiy, ilmiy va sanoat turizmi kabi turizmning yangi turlari joriy qilinadi. Shuningdek, Tourist map interaktiv portali ishga tushiriladi. Paypal, Apple Pay, Google Pay kabi to‘lov kompaniyalari O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulanadi. gazeta.uz »

2024-10-2 14:28

Raqobat qo‘mitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasini paxta tolasi sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2024-9-18 18:36

Zargarlik markazi, turizm, sanoat va eksport. Prezident Namangan viloyatini rivojlantirish rejalari haqida gapirdi

Prezidenti Namangan viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqdi. Viloyatda Turkiya tajribasi asosida zargarlik markazi qurish, tog‘ turizmi va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, Qamchiq dovoni yonida logistika markazi ochish va boshqalar rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-3-28 08:28

Èíâåñòèöèÿëàð, ñàíîàò âà ñàâäî âàçèðèíèíã èêêè ¢ðèíáîñàðè ëàâîçèìèäàí îçîä ýòèëäè

Èíâåñòèöèÿëàð, ñàíîàò âà ñàâäî âàçèðèíèíã èêêè ¢ðèíáîñàðè - Ñàðâàð Õàìèäîâ âà Îëèìõîí Ðóñòàìîâ ëàâîçèìèäàí îçîä ýòèëäè. gazeta.uz »

2023-9-28 17:52