Ðåçóëüòàòîâ: 253

O‘zbekistonda 2025-yilda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar soni deyarli ikki barobarga oshdi

2025-yilda Bolalar ombudsmaniga bolalar huquqlari yuzasidan 1934 ta murojaat kelib tushdi, ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan (1064 ta) deyarli ikki baravar ko‘paydi. Shu davr mobaynida sudlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 937 nafar shaxsga oid 666 ta jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. gazeta.uz »

2026-5-23 18:32

Buryatiyada ikki o‘zbekistonlik qurilayotgan binoning 7-qavatidan quladi, ulardan biri vafot etdi

Rossiyaning Buryatiya Respublikasida qurilayotgan ko‘p qavatli binodan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi quladi. Ulardan biri vafot etgan, ikkinchisi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish choralari ko‘rilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-14 07:41

YeI O‘zbekistonda paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaga sanksiyalar joriy qildi

Yevropa Ittifoqi Rossiya harbiy sanoatini xomashyo bilan ta’minlashda ayblab, O‘zbekistonning Farg‘ona Kimyo Zavodi va Raw Materials Cellulose kompaniyalariga sanksiya joriy qildi. Ayni shu kompaniyalar va ularga aloqador hisoblanadigan Rustam Mo‘minovga avvalroq Britaniya va Ukraina ham sanksiya kiritgan. gazeta.uz »

2026-4-24 08:04

YI O‘zbekistonda paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaga sanksiyalar joriy qildi

Yevropa Ittifoqi Rossiya harbiy sanoatini xomashyo bilan ta’minlashda ayblab, O‘zbekistonning Farg‘ona Kimyo Zavodi va Raw Materials Cellulose kompaniyalariga sanksiya joriy qildi. Ayni shu kompaniyalar va ularga aloqador hisoblanadigan Rustam Mo‘minovga avvalroq Britaniya va Ukraina ham sanksiya kiritgan. gazeta.uz »

2026-4-24 08:04

“Butun dunyo meniki, hammasini bilaman deb o‘ylagandim. Ikki yil o‘tib, juda og‘ir bank inqirozi yuz berdi”. Xorvatiya MB sobiq raisi bilan intervyu

Xorvatiya Markaziy banki sobiq raisi Marko Skreb Gazeta bilan inflyatsion target, MB mustaqilligi, Xorvatiyadagi bank inqirozi va kamtarlik kabi mavzularda suhbatlashdi. “To‘satdan 20 ta bankni yopishga majbur bo‘lsangiz, kelajakda sizni nima kutayotganini bilmasligingizni tushunasiz”, - deydi u. gazeta.uz »

2026-4-23 09:47

Prezident kimyo sanoatida tannarxni pasaytirish va eksportni ikki baravar oshirishni buyurdi

O‘zbekiston 2030-yilgacha kimyo sanoatini ikki baravarga oshirishi, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishi va eksportni 1 mlrd dollarga yetkazishi kerak. Prezident sohada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va raqamlashtirish orqali xarajatlarni keskin qisqartirishni buyurdi. gazeta.uz »

2025-12-4 22:57