“Sudlarga boruvchilarning 100 foiz ishonchini qozonish kerak” — prezident
Prezident sud islohotlarining bosh mezoni fuqarolarning ishonchi bo‘lishi kerakligini aytdi. “Odamlar sudlardan rozimi?” - deya savol qo‘ydi u tizim rahbarlari bilan uchrashuvda. Mirziyoyev sudlarga 100 foizlik ishonchga erishishga chaqirdi va 2030-yilda mamlakatda zamonaviy sud bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.












