Toshkentning “Moviy gumbazlar” xiyobonidagi 350 yoshli tutga tabiat yodgorligi maqomi berildi
Toshkent shahri xalq deputatlari kengashi “Moviy gumbazlar” xiyobonidagi 350 yoshli oq tutga davlat tabiat yodgorligi maqomini berdi. Daraxt atrofida himoya panjarasi va uch tildagi axborot lavhasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

