Andijondagi ko‘p qavatli uy hovlisida Cobalt ikki bolani urib yubordi
Andijon shahrida Cobalt ko‘p qavatli uy hovlisida o‘ynab yurgan ikki yosh bolalarni urib yubordi. Bolalar shifokorlar ko‘rigiga jo‘natilgan. gazeta.uz »
Andijondagi - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Andijon shahrida Cobalt ko‘p qavatli uy hovlisida o‘ynab yurgan ikki yosh bolalarni urib yubordi. Bolalar shifokorlar ko‘rigiga jo‘natilgan. gazeta.uz »
Andijondagi to‘qqiz qavatli binoning oxirgi qavatidagi xonadonda gaz portladi. Ikki kishi jarohatlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov pod’ezd aholisini mehmonxonaga joylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tundan beri u yerda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Andijon shahridagi 36-maktabda direktor va xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi uch xodim laboratoriyadagi texnik spirtni iste’mol qilish oqibatida zaharlandi. Xo‘jalik mudiri va qorovul vafot etdi, ikki kishi shifoxonada davolanmoqda. Tekshiruv harakatlari boshlandi. gazeta.uz »
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi korxona o‘ziga ajratilgan hududdan tashqaridagi maydondan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, tabiatga 31,9 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Korxonaga 7,7 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. Hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »
Andijon viloyati prokuraturasi Izboskan tumanidagi masjidda yuz bergan portlash yuzasidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. gazeta.uz »
Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning familiyalarini e’lon qildi. gazeta.uz »
2024-yilning kuzida Andijondagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida ishbilarmonlik markazi, ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi ma’lum bo‘lgandi. Bu esa jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasiga manipulyatsiya harakatlari uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. gazeta.uz »
Andijonning Marhamat tumanidagi xonadonda gaz chaqnadi. Oqibatda bir oilaning to‘rt a’zosi turli darajada tan jarohati oldi, ulardan biri vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Andijondagi Xo‘jamovlar oilasi bir necha yildan buyon atirgul yetishtirib, ko‘chatlarini chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda oila 10 gektarga yaqin yer maydonida atirgulning 500 dan ziyod turini parvarish qilyapti. gazeta.uz »
Senat qo‘mitasida Andijondagi istirohat bog‘ida charxpalak qurish loyihasi tadbirkorlik xususiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgani va g‘olib deb topilgani keskin tanqid qilindi. gazeta.uz »
Andijondagi Bobur haykali joylashgan maydon o‘rnida biznes markazi qurilishi, haykal eski shahar hududiga ko‘chirilishi reja qilinmoqda. Hokimlik buni ko‘prik qurilishi sababli maydon yopiq ko‘rinishga kelib qolishi bilan izohladi. gazeta.uz »
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi. Viloyat MMTB rahbar pedagogik etika qoidalaridan chetga chiqqanini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi aprel oyi oxirida Andijon viloyatida ishga tushirilgan Shangfeng - Bridge of Friendship O‘zbekiston-Xitoy sement zavodiga nisbatan ish ochdi. Boshqa sement ishlab chiqaruvchilari zavod mahsulotni tannarxidan arzon sotayotganidan shikoyat qildi. gazeta.uz »
Andijondagi bog‘chada tarbiyachi sherigi bilan janjallashgan bolaning yuziga urdi. Bolaning otasi IIBga ariza berdi, hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Andijon shahridagi san’at maktabi Musiqa va san’at kollejiga aylantiriladi. Shavkat Mirziyoyev unga Sherali Jo‘rayev nomini berish va hofizning byustini o‘rnatishni taklif qildi. gazeta.uz »