Qatardagi suyultirilgan tabiiy gaz zavodida portlash yuz berdi, 13 kishi halok bo‘ldi
Qatardagi suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
ïîðòëàø - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Qatardagi suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohatlandi. gazeta.uz »
Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi. Hodisa vaqtida hududda 247 nafar ishchi bo‘lgan. Kon rahbariyati hibsga olingan. OAV konda is gazi miqdori “belgilangan me’yordan oshib ketgani” aniqlanganini yozmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida yuz bergan, 26 kishi halok bo‘lgan portlash munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Xitoy rasmiylari zavoddan 3 km radiusdagi barcha aholini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. gazeta.uz »
Rossiyaning Vladikavkaz shahrida chiqindi konteyneri ichidagi noma’lum buyum portlashi oqibatida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhumning 5 nafar farzandi bo‘lgan. gazeta.uz »
O‘rta Chirchiq tumanidagi uyda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 yoshli erkak va 3 nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i va onasi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, tuman FVB, gaz va elektr ta’minoti korxonalari xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi. gazeta.uz »
Surxondaryoning Denov tumanidagi propan zapravkada portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa “KamAZ” avtomobilidan sig‘imga gaz quyish jarayonida texnologik qoidalarning buzilishi sababli kelib chiqqan. gazeta.uz »
Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, 4 fuqaro kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 1 kishi vafot etdi. gazeta.uz »
Pokiston poytaxti Islomoboddagi shialar masjidida juma namozi vaqtida portlash sodir bo‘lib, oqibatda kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 169 kishi jarohatlandi. Portlash sababi hozircha aniq emas, biroq hodisa xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgani taxmin qilinmoqda. gazeta.uz »
Shveysariyaning Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi barda portlash va yong‘in ro‘y berdi. Oqibatda 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi, kamida 115 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston TIV hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi va vafot etgan hamda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Kogon tumanidagi portlovchi moddalarni ishlab chiqarish sexida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 nafar ishchi vafot etdi, yana 4 nafari shifoxonaga joylashtirilgan. gazeta.uz »
Guliston shahrida kafeda yuz bergan portlash ortidan jami 3 nafar kafe mansabdori protsessual tartibda qamoqqa olindi. Holat yuzasidan qator moddalar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov boshchiligidagi guruh tomonidan olib borilmoqda. gazeta.uz »
Milliy gvardiyaning Nukus shahrida o‘tkazgan amaliy o‘quv mashg‘uloti paytida kichik portlash yuz berdi. Oqibatda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi jarohat oldi. Holat bo‘yicha xizmat surishtiruvi tayinlandi. gazeta.uz »
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Oltindala” MFYdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Avtotsisternadan propan saqlash rezervuariga yoqilg‘i to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. gazeta.uz »
Farg‘onadagi AYOQSHda 2024-yil dekabrida sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha sud yakunlandi. Unga ko‘ra, 3 kishi turli muddatlarga qamaldi, bir kishining ozodligi cheklandi. 4 nafar qurbonning qonuniy vakillariga ma’naviy zarar, 12 nafar fuqaroviy da’vogarlarga esa moddiy zarar undirish belgilandi. gazeta.uz »
1-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 4 mavzesidagi 2-uyda portlash yuz bergan edi. Unda ikki kishi halok bo‘lgan. Hodisa sabab uy-joyi buzilganlarga kompensatsiya ajratildi. Biroq xonadon egalari uy sotib olish uchun bu pul yetarli emas demoqda. gazeta.uz »
1-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 4 mavzesidagi 2-uyda portlash yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Tuman hokimligi matbuot xizmati hodisadan uch oyga yaqin vaqt o‘tib uy-joyi buzilganlarga kompensatsiya va uy sotib olish uchun mablag‘ ajratilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Xitoy sharqidagi kimyo zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi. Portlash sabablari hozircha aniqlanmadi. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yonilg‘i shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. Keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan yana bir fuqaro ham vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumlar shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Bandar Abbosdagi portlash munosabati bilan Eron prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. Portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan, 1139 kishi jarohatlangan, 6 kishi bedarak yo‘qolgan. gazeta.uz »
Andijon viloyati prokuraturasi Izboskan tumanidagi masjidda yuz bergan portlash yuzasidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. gazeta.uz »
Andijonning Izboskan tumanida masjid hududida portlash sodir bo‘lgani yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi, unga bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchilik qiladi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan. gazeta.uz »
“Navoiyazot”da sodir bo‘lgan portlash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 11 nafar fuqaro esa jarohatlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan. gazeta.uz »
Navoiy shahridagi “Navoiyazot”ning 25-sexi laboratoriyasida portlashi sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. gazeta.uz »
Shahrixon tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 kishi jarohatlandi va shifoxonaga yotqizildi. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda. gazeta.uz »
17-dekabrda Farg‘onadagi AYQSHda portlash bo‘ldi. Hodisa oqibatida rasman 4 kishi vafot etgan. “Gazeta.uz” muxbirlari 20-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib qaytdi, ammo safar qariyb besamar o‘tdi: hodisa haqida deyarli hech kim gapirishni istamadi, gapirganlar esa keyinroq intervyusi chiqarilmasligini so‘radi. gazeta.uz »
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda. Viloyat FVBga ko‘ra, buzish ishlari shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagi bilan amalga oshirilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi. gazeta.uz »
Farg‘onada zapravkadagi portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan 3 nafari vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi qamoqqa olindi. Avvalroq hodisa sabab bir kishi vafot etgani va to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilingandi. gazeta.uz »
Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi. gazeta.uz »
Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda. gazeta.uz »
Surxondaryoning Boysun tumanidagi M-25 konida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan gaz chiqishi boshlangan edi. “Gazeta.uz” tahririyatiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan so‘ng sayt jamoasi gaz sizib chiqqandan keyin haqiqiy holat qandayligini o‘rganish maqsadida Boysunda bo‘lib qaytdi. Videoreportaj. gazeta.uz »