O‘zbekistonda chiqarilganiga 30 yildan oshgan mashinalar uchun majburiy kompensatsiya to‘lash tartibi loyihadan chiqarildi
O‘zbekistonda eski mashinalarni majburiy utilizatsiya qilish va kompensatsiya to‘lash bandi qonun loyihasidan chiqarildi. Yangi tartibga ko‘ra, aholiga eski avtomobili evaziga naqd pul yoki yangi mashina uchun boshlang‘ich to‘lov o‘rniga o‘tuvchi va 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi vaucherlar beriladi. gazeta.uz »





















