Ðåçóëüòàòîâ: 6

Soliq qo‘mitasi o‘zbekistonliklarning xorijiy kompaniyalar foydasiga amalga oshirilgan tranzaksiyalarini o‘rganmoqchi

O‘zbekiston banklaridan fuqarolarning so‘nggi uch yilda 83 ta xorijiy internet-kompaniyaga qilgan to‘lovlari haqida ma’lumot so‘raldi. Har bir operatsiya bo‘yicha sana va summa ko‘rsatiladi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar QQS to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini tekshirish uchun egasiz shaklda yig‘ilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-2-11 13:30

Texnopark kompaniyasiga havoni ifloslantirganlik uchun oshirilgan kompensatsiya hisoblandi

Toshkent shahrida Texnopark kompaniyasiga ortiqcha ifloslantiruvchi moddalar chiqarayotgani uchun oshirilgan kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi. Shuningdek, obyektning majburiy ekologik ekspertizasi xulosasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarlik uchun korxona rahbariyatiga chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2025-12-12 06:51

Xonoboddagi festivalga milliardlab pul sarflanmoqda. Xonandalarning gonorarlari oshirilgan bo‘lishi mumkin

Andijondagi “Dunyo sadolari” xalqaro festivali yana xorijiy yulduzlar - Arash, Mustafo Sandal va boshqalar ishtirokida o‘tkaziladi. “Daryo”ning yozishicha, san’atkorlarning gonorarlari oshirilgan bo‘lishi mumkin va shartnomalar yaqinda ochilgan kompaniyalar bilan tuzilgan. Antikorrupsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-7-25 15:59