Ðåçóëüòàòîâ: 10

Havoni ifloslantiruvchi 87 ta korxona Toshkentdan ko‘chiriladi. “O‘zikkilamchiranglimetall” birinchilardan bo‘ladi

Toshkentdan ko‘chiriladigan ekologik xavfli va energiya sarfi yuqori korxonalar ro‘yxatiga 87 ta obyekt kiritildi. Ulardan birinchi bo‘lib 1970-yillardagi uskunalarda ishlab kelgan “O‘zikkilamchiranglimetall” korxonasi Jizzaxga ko‘chiriladi. gazeta.uz »

2026-1-19 07:36

Texnopark kompaniyasiga havoni ifloslantirganlik uchun oshirilgan kompensatsiya hisoblandi

Toshkent shahrida Texnopark kompaniyasiga ortiqcha ifloslantiruvchi moddalar chiqarayotgani uchun oshirilgan kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi. Shuningdek, obyektning majburiy ekologik ekspertizasi xulosasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarlik uchun korxona rahbariyatiga chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2025-12-12 06:51

Navoiyda havoni ifloslantirgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ular qaysilar?

Ekologiya vazirligi o‘rganishlar davomida Navoiy shahrida atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlanmalar chiqargani aniqlangan 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Ular orasida kimyoviy moddalar saqlash ombori, fosforli o‘g‘it ishlab chiqarish, g‘isht, ohak zavodlari va “Navoiyazot” AJ ham bor. gazeta.uz »

2025-8-1 07:27