Ðåçóëüòàòîâ: 54

Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasini boshqarishga ruxsat bergan qarindoshi va ota-onasiga chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida 7 yoshli bolaning yuk mashinasini boshqarayotgani aks etgan video ortidan tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlanishicha, unga yuk avtomobilini boshqarishga qarindoshi ruxsat bergan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga va bolaning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirdi. gazeta.uz »

2026-6-30 12:25

Toshkent viloyatida yerga ruxsatnoma, Navoiyda ishga joylashtirish uchun pul olgan mansabdorlar ushlandi

Toshkent viloyatida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari 20 gektar davlat yeridan tabiiy chim ko‘chirib olishga ruxsat beruvchi hujjatlar uchun 2200 dollar olayotganda ushlandi. Navoiyda esa “Suv ta’minoti” tizimiga ishga kiritish evaziga 500 dollar olgan xodimlar qo‘lga olindi. gazeta.uz »

2026-6-30 10:47

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida sel keldi. Navoiyda avtomobillar zarar ko‘rdi, aholi vaqtincha ko‘chirildi

Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida sellar kuzatildi. Navoiydagi selda avtomobillar zararlandi, soylar yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chiridi. Toshkent viloyatida sel avtomobil yo‘llarini kesib o‘tdi. gazeta.uz »

2026-5-22 10:22

Navoiyda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyaga noqonuniy undirilgan 710 mln so‘mni yo‘lovchilarga qaytarish majburiyati yuklandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent - Xatirchi” yo‘nalishida avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Hunarmand” MCHJga 2022-yil avgustidan 2025-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda yo‘lovchilardan ortiqcha olingan 710 mln so‘mni qaytarish haqida ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2025-9-11 16:11

Navoiyda havoni ifloslantirgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ular qaysilar?

Ekologiya vazirligi o‘rganishlar davomida Navoiy shahrida atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlanmalar chiqargani aniqlangan 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Ular orasida kimyoviy moddalar saqlash ombori, fosforli o‘g‘it ishlab chiqarish, g‘isht, ohak zavodlari va “Navoiyazot” AJ ham bor. gazeta.uz »

2025-8-1 07:27

Ekologiya vaziri — Navoiyda havoning ifloslanishi va korxonalarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqida

Ekologiya vaziri Navoiy shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba bo‘lishi mumkin bo‘lgan korxonani sudga berish topshirig‘ini berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, atrof-muhitni tartibga solishni kuchaytirish rejalashtirilgan, zararli chiqindilar uchun jarimalar bir necha barobarga oshiriladi. gazeta.uz »

2025-7-31 12:40

Navoiyda yana bir hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »

2024-12-4 15:51