Ðåçóëüòàòîâ: 12

Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasini boshqarishga ruxsat bergan qarindoshi va ota-onasiga chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida 7 yoshli bolaning yuk mashinasini boshqarayotgani aks etgan video ortidan tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlanishicha, unga yuk avtomobilini boshqarishga qarindoshi ruxsat bergan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar unga va bolaning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirdi. gazeta.uz »

2026-6-30 12:25

Bolaga zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tazyiqiga oid — Surayyo Raxmonova

2024-yilda bolalar ombudsmaniga bolaga nisbatan zo‘ravonlikka oid murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tazyiqiga oid bo‘ldi. “Bu fakt bola himoyasida eng avvalo oila alohida e’tibor markazida bo‘lishi zarurligini anglatadi”, - dedi bolalar ombudsmani Surayyo Raxmonova. gazeta.uz »

2025-2-25 16:45

Bolaga nisbatan qilingan maishiy zo‘ravonlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi

Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-9-21 08:57