Ðåçóëüòàòîâ: 28

Senator Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani yuzasidan so‘rov yubordi

O‘zbekistonda olti oyda 48 mingdan ortiq ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121% ko‘p. Senator Malika Kadirxanova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga jabrlanuvchilarni himoya qilish choralari yuzasidan tushuntirish berishni so‘rab so‘rov yubordi. gazeta.uz »

2025-8-13 19:45

Bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya, pedofillarga o‘lim jazosi: BMT bosh kotibining maxsus vakili bilan intervyu

BMT Bosh kotibining maxsus vakili Najat Maala Toshkentga qilgan tashrifi chog‘ida “Gazeta.uz”ga intervyu berdi. U bolalarga zo‘ravonlik, jinsiy tarbiya kabi muhim masalalar haqida gapirdi. “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ayollarga bo‘lgan zo‘ravonlik va gender kamsitish stereotipi bilan bog‘liq”, - deydi Maala. gazeta.uz »

2025-4-29 19:43

Senator bog‘chalardagi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha vazir Hilola Umarovaga so‘rov yubordi

Senat qo‘mitasi raisi Baxrom Abdullayev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga bog‘chalarda kuzatilayotgan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan so‘rov yubordi. Senator zo‘ravonlik sabablari va ularning oldini olish bo‘yicha choralar bo‘yicha tushuntirish berishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-2-27 15:51

Bolaga zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tazyiqiga oid — Surayyo Raxmonova

2024-yilda bolalar ombudsmaniga bolaga nisbatan zo‘ravonlikka oid murojaatlarning 28 foizi ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tazyiqiga oid bo‘ldi. “Bu fakt bola himoyasida eng avvalo oila alohida e’tibor markazida bo‘lishi zarurligini anglatadi”, - dedi bolalar ombudsmani Surayyo Raxmonova. gazeta.uz »

2025-2-25 16:45

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun tajovuzkorlar qanday jazolanyapti va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda nimalarni o‘zgartirish kerak?

Nemolchi. uz loyihasi faoli Nigina Xudaybergenova Jinoyat kodeksiga 2023-yili kiritilgan maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi modda qanday qo‘llanilayotganiga aniqlik kiritish maqsadida sudlarning 400 dan ortiq qarorlarini o‘rganib chiqdi. gazeta.uz »

2025-1-31 19:07

Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi. gazeta.uz »

2024-10-22 09:33

Bolaga nisbatan qilingan maishiy zo‘ravonlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi

Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-9-21 08:57