Ðåçóëüòàòîâ: 41

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar va reaksiyalar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tuzatishlar Tojikiston prezidenti huquq-tartibot idoralarini asossiz jinoiy ishlar uchun tanqid qilib, bu amaliyotga “nuqta qo‘yish”ni talab qilganidan so‘ng qabul qilindi. gazeta.uz »

2025-5-14 15:50

Soliq, bojxona, bank xodimlari va tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Ushbu guruh 3 yil ichida 8 ta soxta korxona tashkil etib, QQS summasini qaytarib olish orqali 24,5 mlrd so‘m mablag‘larni talon-toroj qilgan. gazeta.uz »

2025-3-5 08:45

Haydovchilarni tayyorlash va imtihonlarni o‘tkazish tartibini buzish jinoiy javobgarlikka tortiladi

Senatorlar haydovchilarni tayyorlash, imtihonlar o‘tkazish va guvohnomani berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Avtoraqamlarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, berish, ulardan foydalanish yoki qalbakilashtirish ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-1-28 11:06

O‘zbekistonda “kelishilgan o‘yinlar” uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og‘irlashtiruvchi holatlarda - 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi. gazeta.uz »

2024-11-5 19:53

Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi. gazeta.uz »

2024-10-22 09:33

Qozog‘iston Senati oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonunni qabul qildi

Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak. gazeta.uz »

2024-4-12 10:18

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi. gazeta.uz »

2024-2-21 10:34