Ðåçóëüòàòîâ: 14

Endi faqat isitish va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan hududlarga gaz ulanmaydi — Energovazirlik

O‘zbekistonda gazni faqat “yoqish”, jumladan, isitish va ovqat tayyorlash uchun ishlatadigan iste’molchilar uchun gaz yetkazib berish bo‘yicha texnik shartlar berish to‘xtatildi. Bu haqda bosqichma-bosqich elektr energiyasiga o‘tish rejalarini izohlar ekan, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-10-29 19:34

TIV o‘zbekistonliklarga Rossiyadagi “hujjat tayyorlash” xizmatlariga ishonmaslikni tavsiya qildi

Rossiyadagi konsullik muassasalariga o‘zbekistonliklar tomonidan qalbaki hujjatlar taqdim etish holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi TIV. Vazirlik Telegram’da soxta guvohnomalar tayyorlash xizmatlari keng tarqalganini eslatib, fuqarolardan faqat rasmiy organlarga murojaat qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:23

Gaz bilan isitish uskunalarini qishga qanday tayyorlash va uning xavfsizligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? FVV maslahatlari

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yong‘inlar soni kamaymoqda, biroq sovuq mavsumda is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining portlash xavfi yuqoriligicha qolmoqda. FVV va boshqa xizmatlar mutaxassislari isitish mavsumi boshlanishidan oldin hodisa sabablari va ularning oldini olish choralarini eslatdi. gazeta.uz »

2025-10-9 10:07

O‘zbekistonda yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash dasturi ishga tushiriladi

Sentabrda O‘zbekistonda 8-sinf bitiruvchilari uchun xalqaro maktab ochiladi. Yoshlarni Pechak ligasi universitetlariga tayyorlash milliy dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan - 3000 nafar maktab o‘quvchisi intensiv tayyorgarlikdan o‘tadi, eng yaxshilari AQShda tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-3-27 18:02

Haydovchilarni tayyorlash va imtihonlarni o‘tkazish tartibini buzish jinoiy javobgarlikka tortiladi

Senatorlar haydovchilarni tayyorlash, imtihonlar o‘tkazish va guvohnomani berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Avtoraqamlarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, berish, ulardan foydalanish yoki qalbakilashtirish ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-1-28 11:06