O‘zbekistonda 2027-yilda o‘rtacha pensiya miqdori 1,8 mln so‘m atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda
2027-yilda o‘rtacha pensiya miqdori 2026-yildagi 1,7 mln so‘mga nisbatan 1,8 mln so‘mni tashkil etishi mumkin. Iqtisodiyot va moliya vazirligi shunday ko‘rsatkichni kutmoqda. Yaxlitlangan raqamlardan kelib chiqilsa, o‘sish taxminan 5,9 foizni tashkil etadi, biroq fiskal strategiyada aniq o‘sish sur’ati keltirilmagan. gazeta.uz »



















