Javohir Sindarov Polshadagi Grand Chess Tour bosqichini mag‘lubiyatsiz boshladi
Javohir Sindarov Polshada o‘tayotgan Grand Chess Tour 2026'ning birinchi bosqichini muvaffaqiyatli boshladi. U rapid yo‘nalishidagi 3 partiyada 6 imkoniyatdan 4 ochko jamg‘ardi. Shaxmatchi 4 nafar grossmeyster bilan birga peshqadam bo‘lib turibdi.









