Ðåçóëüòàòîâ: 18

Yil oxirida yangilangan 2025-yil budjeti. Davlat organlari xarajatlari qanday o‘zgardi?

2025-yil oxirida hukumat davlat budjetiga tuzatishlarni tasdiqladi, davlat organlari xarajatlari 41,2 trln so‘mga (14,6%) oshdi. Eng ko‘p mablag‘ Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali o‘tkazildi, kuch tuzilmalari, ayrim vazirlik va jamg‘armalarga ajratilgan mablag‘lar ko‘paydi. Gazeta o‘zgartirishlarni o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-2-12 07:47

O‘TTJ rahbari o‘rinbosari jamg‘armaning xarajatlari, S&P xulosalari, GTL’ning samaradorligi haqida

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari Olim Yusupov Gazeta’ga bergan intervyusida jamg‘armaning faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob berdi. Unga, xususan, S&P reyting agentligining jamg‘arma bo‘yicha izohlari, GTL qanchalik o‘zini oqlayotgani va fond xarajatlari haqida savollar berildi. gazeta.uz »

2025-6-11 10:01

O‘zbekistonda endi kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlarda tahsil olayotgan, ko‘rish organlari va tayanch-harakat apparati kasalliklari bo‘lgan bolalarga transport xizmatlari ko‘rsatiladi. Transportdan foydalanish uchun ajratiladigan summa har bir o‘quvchiga oyiga BHMning 1,2 baravaridan oshmaydi. gazeta.uz »

2025-3-8 11:24

Budjet mablag‘lari xarajatlari ustidan deputatlar nazorati deyarli sezilmayapti — prezident

Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi. gazeta.uz »

2024-11-18 15:25

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?

2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor. gazeta.uz »

2024-10-31 22:58