Ðåçóëüòàòîâ: 11

“Mintaqa kelajagini odamlar shakllantiradi”. AQSh ta’lim dasturlari bitiruvchilarining ilk forumi qanday o‘tdi?

Toshkentda birinchi Central Asian Alumni Forum - AQSh ta’lim dasturlari bitiruvchilarining uchrashuvi o‘tdi. Ishtirokchilar, jumladan, davlat mulozimlari xorijdagi tajriba qanday qilib loyiha va biznesga aylanayotgani hamda hamkorlikni rivojlantirayotganini muhokama qildi. Forumda Gazeta muxbiri ham qatnashdi. gazeta.uz »

2026-3-30 20:48

OTMlarda ekologiya dasturlari paydo bo‘ladi, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

2025/2026 o‘quv yilida Green University sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi, yirik shaharlarda “yashil texnikumlar” paydo bo‘ladi. Davlat OTMlarida aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha grant asosida ta’lim kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi. gazeta.uz »

2025-2-11 22:37

Prezident metallurgiya korxonalarining transformatsiya dasturlari bilan tanishdi

Prezidentga metallurgiya korxonalari, jumladan, OKMK, NKMK, metallurgiya kombinatining transformatsiya dasturlari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilda sohaga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilib, kaolin va ko‘mir ishlab chiqarishni oshirish rejalashtirilmoqda. NKMK yana 500 mln dollarlik yevrobondlar chiqaradi. gazeta.uz »

2024-12-3 21:21

O‘zbekistonda 2025-yilda davlat dasturlari xarajatlari uchun 24,2 trln so‘m rejalashtirilmoqda. Unga nimalar kiradi?

2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor. gazeta.uz »

2024-10-31 22:58

“Milliy tiklanish”: Toshkentdagi renovatsiya dasturlari uy-joy egalari va jamoatchilik fikri asosida bajarilishi kerak

“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-2-28 15:46