Ðåçóëüòàòîâ: 36

O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashga ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmagan. Bandlik vazirligi sabablarni tushuntirdi

Deputatlar kambag‘allikni qisqartirish va xotin-qizlarga subsidiyalar uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmaganini tanqid qildi. Bandlik vazirligi buni jamg‘armalarning birlashtirilishi, to‘lovlarning raqamlashtirilishi hamda subsidiyalarning bir qismidan foizsiz kreditlarga o‘tilgani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-6-10 15:16

“Sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman”. Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi

Prezident qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashuvda ishlar natijadorligi va ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. Prezident bu sektorda 3,5 mln dan ziyod aholi mehnat qilayotgani, sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorligi, ammo bunda ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Batafsil. gazeta.uz »

2025-12-10 15:54

Prezident xarajatlarni qisqartirib, jamg‘arma mablag‘larini maktablar va tibbiyotga yo‘naltirish ko‘rsatmasini berdi

Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda xarajatlarni keskin qisqartirish va samaradorlikni oshirish asosiy mezon bo‘lishini ta’kidladi. Kelasi yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi. Budjetdan tashqari jamg‘armalar qoldiqlarining yarmi maktab va shifoxonalar qurilishiga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-27 16:05

Deputatlar bank hisobvaraqlaridan mablag‘ yechib olishni istisno qilgan holda, uy to‘lovlarini soddalashtirilgan tartibda undirishni ma’qulladi

Deputatlar soddalashtirilgan tartibda undiriladigan qarzlar ro‘yxatini kengaytirib, unga kommunal xizmatlar va uy to‘lovlarini ham kirituvchi qonunni qabul qildi. Unga fuqarolar bank hisobvaraqlaridan mablag‘ yechib olishni taqiqlab, ish haqi va pensiyalardan undirishga to‘sqinlik qilmaydigan tuzatish kiritildi. gazeta.uz »

2025-8-13 14:40

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lolmagan 33 ta loyihaga qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 33 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Xalq deputatlari tuman kengashlari bu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 7,5 mlrd so‘m yo‘naltirdi. gazeta.uz »

2025-4-3 09:29

“Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan”. Prezident — kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash haqida

Prezident 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalarni e’lon qildi. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55% ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu uchun $10 mlrd ajratiladi, kichik korxonalar uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratiladi, tadbirkor ayollar uchun stavkalar pasayadi. gazeta.uz »

2025-3-19 20:07

Budjet mablag‘lari xarajatlari ustidan deputatlar nazorati deyarli sezilmayapti — prezident

Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi. gazeta.uz »

2024-11-18 15:25

Onlayn do‘konlarning mijozlari foydasiga 100 mln so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi onlayn do‘konlardan mijozlarga 100 mln so‘mga yaqin mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi va 9,3 mln so‘mlik tovarlar almashtirib berilishini ta’minladi. Qo‘mita ularning oferta shartlarini tahlil qilib, qonun buzilish holatlarini aniqladi, ularni qonunchilikka moslashtirilishini ta’minladi. gazeta.uz »

2024-10-30 15:10

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi. gazeta.uz »

2024-10-11 17:35

Yer sotuvidan tushgan mablag‘lar mulki buzilgan tadbirkorlar kompensatsiyasiga yo‘naltiriladi

Prezident yer sotishdan tushgan mablag‘larni buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga yo‘naltirish, kredit operatsiyalarida bank va biznes huquqlarini tenglashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoni yumshatish, bozorga kirishdagi bir qator eksklyuziv huquqlarni bekor qilishni taklif qildi. gazeta.uz »

2024-8-20 17:39