Ðåçóëüòàòîâ: 26

Banklar uchun foyda solig‘ini pasaytirish, moliyaviy xizmatlarning bir qismiga QQS joriy etish taklif qilindi

O‘zbekistonda bank, mobil aloqa operatori, bozor, savdo markazlari va polietilen granula ishlab chiqaruvchilari uchun foyda solig‘ini 20%dan 15%ga tushirish taklif etildi. Yo‘qotiladigan 859 mlrd so‘mni komissiyali moliyaviy xizmatlarga QQS solish va soliq yig‘imdorligini oshirish orqali qoplash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-8-3 13:00

Yuqori noaniqlik sharoitida markaziy banklar qanday yo‘l tutishi kerak? “Monetary Policy Dialogue — 2026” yakunlari

“Monetary Policy Dialogue - 2026” xalqaro forumi ekspertlarining yakdil fikriga ko‘ra, yuqori noaniqlik sharoitida markaziy banklarga mustaqillik, ssenariylar bilan ishlash, inflyatsion kutilmalarni langarlash va kommunikatsiya zarur. Forumda yangragan asosiy tezislar - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-7-6 07:35

“Bank sirini bekor qilmaydi”. Soliq qo‘mitasi — banklar bilan ma’lumot almashinuviga oid loyiha haqida

Soliq qo‘mitasi banklarning soliq organlariga ma’lumotlarni uzatish to‘g‘risidagi loyiha yangi vakolatlarni va fuqarolarning hisobvaraqlariga erkin kirish huquqini bermasligini ma’lum qildi. Hujjatda bir oyda BHMning 500 baravaridan yuqori bo‘lgan p2p tushumlari ma’lumotini avtomatik uzatish nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-24 15:36

Markaziy bank mijozlar murojaatlari bo‘yicha banklar antireytingini ilk bor e’lon qildi

O‘zbekiston MB indeksiga ko‘ra, I chorak yakunlari bo‘yicha mijozlar murojaatlari ko‘rsatkichi eng yuqori banklar o‘ntaligiga Biznesni rivojlantirish banki, Anor Bank va Mikrokreditbank kirdi. Regulyator banklarga shikoyatlar sabablarini chuqurroq tahlil qilish va tizimli kamchiliklarni bartaraf etishni tavsiya qildi. gazeta.uz »

2026-6-22 12:52

MB mijozlarning shikoyatlari bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxatini e’lon qilib boradi

Markaziy bank O‘zbekistonda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlarga ega banklarni ommaga e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Regulyator rahbari Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, buning uchun maxsus indeks ishlab chiqilgan bo‘lib, uni yaqin vaqt ichida e’lon qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-6-16 07:26

O‘zbekistonda banklar qator yirik operatsiyalar va o‘tkazmalar nazoratini kuchaytiradi

9-avgustdan tijorat banklari uchun ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi. Ular operatsiyalarni tekshirish uchun yangi chegaraviy miqdorlarni, o‘tkazmalarda jo‘natuvchilar va oluvchilar haqidagi kengaytirilgan ma’lumotlarni, shubhali operatsiyalarning yangi mezonlarini nazarda tutadi. gazeta.uz »

2026-5-12 12:07

O‘zbekistonda 10 dan ortiq banklar islomiy moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda — MB raisi

O‘zbekistonda 2026-yilda kamida bitta tijorat bankida “islom darchasi”ni ishga tushirish, 2030-yilgacha esa ikkita to‘laqonli islom bankini tashkil etish rejalashtirilgan. Markaziy bank rahbariga ko‘ra, 10 dan ortiq banklar allaqachon ushbu yo‘nalishda ishlashga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. gazeta.uz »

2026-3-26 21:14

Banklar kartaga o‘tkazmalar maqsadini ko‘rsatish funksiyasini ixtiyoriy joriy etishi mumkin — Markaziy bank

Banklar va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalar orqali pul o‘tkazmalari amalga oshirilayotganda operatsiya maqsadini ko‘rsatish funksiyasini ixtiyoriy joriy etishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi va bu servislarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi kerakligini aniqlashtirdi. gazeta.uz »

2026-3-5 10:16

Kiberjinoyat ko‘p sodir etilayotgan banklar ro‘yxati ommaga e’lon qilib boriladi — IIV

Har yil yakunida eng ko‘p kiberjinoyat qayd etilayotgan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi. IIV vakiliga ko‘ra, bundan maqsad banklar va to‘lov tashkilotlarining o‘z axborot xavfsizligi siyosati hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishdir. gazeta.uz »

2025-11-5 10:54

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston deputatlari islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishi aholi va biznesga muqobil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi islomiy banklar, islomiy “darcha” va islomiy mikromoliya tashkilotlarini tashkil etish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-16 14:27

Senat banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga doir qonunlarga tuzatishlarni ma’qulladi

Senatorlar bank sohasidagi bir qator qonunlarga kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir tuzatishlarni ma’qulladi. Ushbu tuzatishlar, xususan, Markaziy bankka kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va valyuta birjalari tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash vakolatini beradi. gazeta.uz »

2024-6-21 18:33