Ðåçóëüòàòîâ: 37

Prezidentga 37 ta respublika tibbiyot markazini o‘rganish natijalari taqdim etildi

O‘zbekistondagi 37 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi va klinikalarida boshqaruv hamda tashkiliy muammolar aniqlandi. Audit natijalari asosida 27 yo‘nalishdan iborat harakatlar rejasi, shuningdek, onkologiya markazini yanada modernizatsiya qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish rejalari ishlab chiqildi. gazeta.uz »

2026-1-21 10:18

O‘zbekistonning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy jihatlar

Deputatlar 2026-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, YAIM 6,6% ga o‘sishi, inflyatsiya 7% gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Budjet taqchilligi bo‘yicha limitni 3% (59,9 trln so‘m), tashqi qarzlar yuqori chegarasini 5 mlrd dollar miqdorida belgilash taklif etilgan. gazeta.uz »

2025-12-5 08:59

Vijdonsiz quruvchilar mijozga budjet hisobidan chegirma taqdim etmoqda — SSP raisi

Vijdonsiz quruvchilar uy narxidan tushib berayotganida, aslida budjetga to‘lanmagan soliq hisobidan chegirma qilib beryapti, dedi SSP raisi Davron Vahobov. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident xodimlarni rasman ro‘yxatga qo‘yadigan kompaniyalar uchun rag‘batlantiruvchi choralarni ko‘paytirishni topshirgan. gazeta.uz »

2025-8-12 11:47

Prezidentga madaniyat va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi takliflar taqdim qilindi

Prezidentga madaniy tashabbuslar taqdim etildi. Andijonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi, hududlarda simfonik orkestrlar tashkil etiladi, joriy yilning kuzida Buxoroda ilk bor zamonaviy san’at biyennalesi o‘tkaziladi, Nukusda hunarmandlar va dizaynerlar uchun hudud tashkil etiladi. gazeta.uz »

2025-7-29 20:12

Prezidentga Toshkent qiyofasini yaxshilashga qaratilgan “Yechimlar atlasi” taqdim etildi

Prezident “Yechimlar atlasi” - poytaxt va Yangi Toshkent shahridagi shaharsozlik obyektlarini loyihalash, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalari katalogi bilan tanishdi. Unda jamoat joylarini obodonlashtirish, binolar fasadini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. gazeta.uz »

2025-7-9 20:04

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar

2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-10-30 08:00

Ombudsmanga prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqi berilmoqda

Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda gazeta.uz »

2024-10-23 10:17

Yandex maktab o‘quvchilari uchun IT ma’ruzalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi

Yandex o‘quvchilar uchun ijtimoiy muammolarni hal etishda texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ma’ruzalar tinglash imkonini taqdim etdi. Kompaniya xodimlari ilovadan nogironligi bo‘lganlar qanday foydalanishi, AI ijtimoiy va ekologik loyihalarda qanday yordam berishini so‘zlab beradi. gazeta.uz »

2024-4-26 08:26