Ðåçóëüòàòîâ: 27

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan beri Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelgan Nikolay Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda. “Chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shdim”, - deb yozdi u. gazeta.uz »

2025-7-21 14:34

O‘zbekistonda tug‘ilgan Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi elchisi bo‘ldi

Qrim-tatar siyosatchisi, jurnalist va huquq himoyachisi Nariman Jelal Ukrainaning Turkiyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan va bolaligida Qrimga ko‘chib ketgan. Rossiya uni 2022-yilda 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi, ammo u 2024-yilda mahbuslar almashinuvida ozod etilgan. gazeta.uz »

2025-5-15 10:17

NATO a’zolari orasida Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lish taklifi bo‘yicha “konsensus yo‘q” — Reuters

NATO a’zolari orasida Ukrainani ittifoqqa taklif qilish uchun zarur bo‘lgan “konsensus belgilari yo‘q”, deb yozadi Reuters. Ukraina TIV mamlakat blok a’zoligiga “hech qanday muqobil yoki o‘rnini bosuvchi” a’zolikni qabul qilmasligini bildirdi va Budapesht memorandumining “achchiq tajribasi”ni eslatdi. gazeta.uz »

2024-12-3 15:39