Ðåçóëüòàòîâ: 38

Oq uy AQSh universitetlariga moliyalashtirish evaziga Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi

Oq uy Amerikaning to‘qqiz universitetiga qo‘shimcha moliyalashtirish evaziga Donald Trampning siyosiy dasturini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Universitetlar talabalarni qabul qilish, ayollar sporti, so‘z erkinligi va boshqa masalalarda ma’muriyatning ustuvor yo‘nalishlariga mos kelishi talab qilinadi. gazeta.uz »

2025-10-3 19:49

Namanganda 57 ta iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 6 ming dollar pora olgan bojxona inspektori qo‘lga olindi

Namangan viloyatida “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori mobil qurilmalarni noqonuniy ro‘yxatga o‘tkazib berishni va’da qilib pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »

2025-7-18 12:15

Davlat banklarga qarzdorlik evaziga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi

1-maydan boshlab O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lgan banklar qarzdorlik evaziga balansga olingan mol-mulklarni auksion savdosisiz bozor qiymatida sotishi mumkin. Qolaversa, banklar uchun salohiyatli investorlarga binolar, jihozlar va boshqa mulklarni tayyor biznes sifatida sotish huquqi beriladi. gazeta.uz »

2025-4-17 12:49

Tramp 5 mln dollar evaziga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi “oltin karta” sotishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijliklarga 5 mln dollar to‘lov evaziga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi hamda fuqarolikka yo‘l ochuvchi “oltin karta” sotishni taklif qildi. Shuningdek, u kartalarni rossiyalik oligarxlar olishi mumkinligi haqida savolga “ular juda yaxshi odamlar” deb javob qaytardi. gazeta.uz »

2025-2-26 16:46

Aeroport xodimi pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qildi, kompaniya shubhali odamlarga ishonmaslikka chaqirdi

Fuqaroga ish bilan ta’minlashni va’da qilgan Toshkent xalqaro aeroporti xodimi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarida ishga faqat elektron tizim orqali qabul qilinishini ma’lum qildi va odamlarni shubhali takliflardan qochishga chaqirdi. gazeta.uz »

2024-11-16 19:33