Ðåçóëüòàòîâ: 45

O‘zbekiston va Chexiya geologiya hamda elektropoyezdlarni yetkazib berish kabi sohalarda kelishuvlar imzolandi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Chexiya rahbarlari kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzoladi. Hukumatlar iqtisodiy, sanoat, ilmiy va texnologik sheriklik, shuningdek, geologiya va elektropoyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. gazeta.uz »

2026-4-30 12:37

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin — energetika vaziri

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi energetika vaziri Yerlan Akkenjenov. Birinchi chorakda O‘zbekistonda neft mahsulotlari xaridi 42 foizdan ko‘proqqa, benzin xaridi esa ikki baravardan ziyodga oshgan. Asosiy yetkazib beruvchi Rossiya bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-4-23 15:18

O‘zbekiston yetkazib berishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun aviatashuvlarni subsidiyalashga tayyor — IMV

O‘zbekistonda quruqlik orqali logistika cheklangan hollarda aviatashuvlar xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilmoqda, dedi Ilhom Norqulov. Yilning birinchi uch oyi yakunlari bo‘yicha YAIM 7,5% o‘sishi kutilmoqda, ammo iqtisodiyot ko‘rsatkichlari uchun “hal qiluvchi” davr ikkinchi chorak bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-4-2 15:28

O‘zbekiston 2026-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston 2026-yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishda davom etadi. Tegishli shartnoma Energetika vazirligi va DABS kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari qurilishini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. gazeta.uz »

2025-11-18 08:37

Pentagon Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berishni ma’qulladi — CNN

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini topshirishni ma’qulladi, deb yozmoqda CNN. Yakuniy qarorni AQSh prezidenti qabul qiladi. Avvalroq Putin Trampga Ukraina Tomahawks`dan Moskva va Sankt Peterburgga zarba berishda foydalanishi mumkinligi, bu Rossiya-AQSh munosabatlariga zarar yetkazishidan ogohlantirgandi. gazeta.uz »

2025-11-1 21:10

O‘zbekistonda gaz yetkazib beruvchilar issiqxonalarga yoqilg‘i tanqisligidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortiladi

Prezident issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. 2027-yilda issiqxonalar eksportini 4 mlrd dollarga, ishlab chiqarishni 670 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Qo‘llab-quvvatlash choralari imtiyozlar, moliyaviy yordam va kafolatlangan gaz ta’minotini o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »

2025-10-14 23:16

Bolalarga sifatsiz oziq-ovqat yetkazib berganlarning bu faoliyat bilan qayta shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani bolalarga sifatsiz oziq-ovqat yetkazib bergan subyektlarning ushbu faoliyat bilan qayta shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm joriy etish kerakligini ta’kidladi. Idora, shuningdek, ushbu xizmatlarni ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzishda inson omilini kamaytirish zarurligini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-9-27 11:00

Sotuvchilar tovarni yetkazib berish muddatidan kechiktirgani uchun penya to‘lashi mumkin

Tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarga penya joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. “Milliy tiklanish” fraksiyasi a’zosi bu me’yor elektr, gaz va suv ta’minotidagi uzilishlarga ham tatbiq etiladimi, deya so‘radi. gazeta.uz »

2025-1-21 16:08

“Elektr energiyasini cheklovlarsiz yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berildi” — energetika vaziri

Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-11-16 09:57

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi. gazeta.uz »

2024-3-11 12:21