Rossiya va Ukraina Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qildi
Rossiya va Ukraina pravoslavlarning Pasxa bayrami munosabati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon berdi. Sulh 32 soat davom etadi. gazeta.uz »
Sulh - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Rossiya va Ukraina pravoslavlarning Pasxa bayrami munosabati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon berdi. Sulh 32 soat davom etadi. gazeta.uz »
Pokiston va Afg‘oniston yaqin 48 soat ichida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bir kun avval tomonlar o‘tgan dam olish kunlarida boshlangan va tinchigan chegaradagi to‘qnashuvlarni qayta boshlagandi. gazeta.uz »
Qatar va Misr vositachilari Isroil va HAMASga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi reja taklif qildi. U besh yildan yetti yilgacha bo‘lgan muddatga sulh tuzish, barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini eksklavdan olib chiqishni o‘z ichiga oladi. gazeta.uz »
AQSh Ar-Riyoddagi muzokaralar yakunida Ukraina va Rossiya bilan Qora dengizda xavfsiz kema qatnovini ta’minlash va kuch ishlatishni istisno qilishga kelishib oldi. gazeta.uz »
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh taklif qilgan 30 kunlik sulh davomida Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi, deb yozadi Bloomberg. gazeta.uz »
Qatar bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralardan so‘ng Isroil va HAMASga G‘azo sektori bo‘yicha sulh bitimi loyihasini taqdim etdi, deb yozmoqda Reuters. Qatar tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitim matnini yetkazgan. gazeta.uz »
Isroil AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqda masshtabliroq urushning oldini olishga urinayotgan boshqa ittifoqchilarning “Hizbulloh” bilan uch haftalik sulh taklifini rad etdi. gazeta.uz »
Isroil harbiy rahbariyati snaryadlar taqchilligi sharoitida, hatto HAMAS hozircha hokimiyatda qolsa ham, G‘azoda sulh tuzish tarafdori, deb yozdi New York Times. Bu, harbiylarga ko‘ra, guruh qo‘lidagi garovga olinganlarni ozod qilishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi. gazeta.uz »