Результатов: 60

Toshkent viloyatida yosh ayol 5-qavatdan qulab vafot etdi. U muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda

Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi. Marhuma eri tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda. Unga uch marta himoya orderi berilgan. Qo‘shnilar ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgan. gazeta.uz »

2024-4-1 10:19

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 0,32 foizni tashkil etdi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi

O‘zbekistonda fevral oyida so‘nggi sakkiz yildagi eng past - 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzolashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi. gazeta.uz »

2024-3-2 13:45

Aleksey Navalniy vafot etdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. gazeta.uz »

2024-2-16 14:27

Шавкат Мирзиёев Си Цзиньпинни Ўзбекистонга келишга таклиф этди

Ўзбекистон президенти ХХР раиси Си Цзиньпин билан музокаралар ўтказди. Унда Тошкентда Синхуа ва Пекин университетлари филиалларини очиш таклифи билдирилди. Музокаралар якунида Шавкат Мирзиёев Си Цзиньпинни Ўзбекистонга келишга таклиф этди. gazeta.uz »

2023-10-17 16:15

Ўзбекистонда фаолият кўрсатмаётган корхоналар улуши 27 фоизни ташкил этди

Ўзбекистонда фаолият кўрсатмаётган корхона ва ташкилотларнинг умумий корхоналар сонидаги улуши 27 фоизни ташкил этди. Рўйхатдан ўтган кичик тадбиркорлик субъектларининг эса 30 фоизи ишламаяпти. 2022 йилда бу кўрсаткичлар мос равишда 6 ва 7 фоизни ташкил этган. gazeta.uz »

2023-6-21 14:00

Биринчи президентнинг ёрдамчиси Георгий Крайнов вафот этди

Ўзбекистон биринчи президентининг ёрдамчиси сифатида фаолият юритган Георгий Крайнов 88 ёшида вафот этди. У сўнгги йилларда Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасида етакчи илмий ходим лавозимида ишлаб келаётганди. gazeta.uz »

2022-6-6 10:00