Aktrisa Dono Boboxonova vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova 79 yoshda vafot etdi. U faoliyatini Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatrida olib borayotgandi. Aktrisa “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Arazlasang, o‘laman”, “Chol va nabira” va “Tilim qursin” filmlari bilan mashhur edi. gazeta.uz »