Результатов: 52

Toshkent viloyatida yosh ayol 5-qavatdan qulab vafot etdi. U muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda

Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi. Marhuma eri tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda. Unga uch marta himoya orderi berilgan. Qo‘shnilar ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgan. gazeta.uz »

2024-4-1 10:19

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi. gazeta.uz »

2024-2-21 10:34

Aleksey Navalniy vafot etdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. gazeta.uz »

2024-2-16 14:27

Савдо-саноат палатаси раисининг биринчи ўринбосари Ислом Жасимов вафот этди

Савдо-саноат палатаси раисининг биринчи ўринбосари Ислом Жасимов 66 ёшида вафот этди. У 2017 йилдан буён ушбу лавозимда ишлаб келаётганди. gazeta.uz »

2024-1-16 07:39

Биринчи президентнинг ёрдамчиси Георгий Крайнов вафот этди

Ўзбекистон биринчи президентининг ёрдамчиси сифатида фаолият юритган Георгий Крайнов 88 ёшида вафот этди. У сўнгги йилларда Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасида етакчи илмий ходим лавозимида ишлаб келаётганди. gazeta.uz »

2022-6-6 10:00