O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov vafot etdi
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, milliy armiya asoschilaridan biri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
âàôîò - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, milliy armiya asoschilaridan biri, iste’fodagi general-polkovnik Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
Quva tumanida 21 yoshli Damas haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. gazeta.uz »
Jurnalist Aleksandr Zotov 57 yoshida vafot etdi. U yillar davomida Gazeta internet nashri, “Pravda Vostoka” va “Segodnya” gazetalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
Aktyor, rejissyor, so‘z ustasi Sherqo‘zi G‘oziyev vafot etdi. U 75 yoshda edi. Marhum “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Tangalik bolalar”, “Temir xotin”, “Oltin devor”, “Jiblajibon” kabi filmlarda suratga tushgan. gazeta.uz »
Koson tumanida 2 yoshli qiz mashina ichida qolib ketib, dimiqib vafot etgandi. Bolani mashinasida unutib qoldirgan bog‘cha rahbari sud tomonidan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Qo‘shtepa tumanida yuqori tezlikdagi Nexia 3 haydovchisi yo‘l chetida ketayotgan skuter haydovchisni urib yubordi. Oqibatda 40 yoshli jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Italiyalik mashhur modelyer va Armani modalar uyi asoschisi Jorjo Armani vafot etdi. U 91 yoshda edi. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi xususiy shifoxonada burun jarrohligi vaqtida 9 yoshli bola vafot etdi. Bosh prokuratura tekshiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
O‘zbek baxshichilik san’ati darg‘alaridan biri, O‘zbekiston xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltayev 81 yoshida vafot etdi. U yaqin-yaqingacha Termizdagi baxshichilik maktabida bir qator yosh baxshilarga do‘mbira chalish hamda baxshichilik san’ati sirlarini o‘rgatib kelayotgan edi. gazeta.uz »
Sud ishlarini ko‘rishdagi rahm-shafqati va empatiyasi bilan tanilgan amerikalik sudya Frenk Kaprio 88 yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. U 40 yillik faoliyati davomida asosan kichik huquqbuzarliklarni sud qilgan va sudlanuvchilarga ko‘rsatgan iliq muomalasi bilan ommaga tanilgan. gazeta.uz »
Yangihayot tumanida Lacetti, Isuzu yuk mashinasi va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 19 yoshli skuter yo‘lovchisi vafot etdi. gazeta.uz »
Oltinsoy tumanida ichida besh nafar 19 yoshli yigit bo‘lgan Gentra beton to‘siqqa urildi. Oqibatda ulardan to‘rt nafari vafot etdi. Avtomobilning egasi yuvib kelish uchun bergandi, deydi rulda bo‘lgan yigit. gazeta.uz »
Uzun tumanida Nexia 2 haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yubordi. Bola vafot etdi, haydovchi sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi. U hayotligida Nyu York Qirollik akademiyasi kompozitori, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a’zosi, Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari sifatida xizmat ko‘rsatgan. gazeta.uz »
Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Spark beton ustunga urildi. Hodisa oqibatida haydovchi vafot etdi, 2004-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa jarohatlandi. gazeta.uz »
Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va hamrohi Maksim Radchenkoning Toshkentdagi mehmonxonada is gazidan zaharlanib vafot etgani bo‘yicha to‘rt kishi aybli deb topildi. Mehmonxona egasi 8 yilga, santexnik va isitish uskunalari sotuvchilarining har biri 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahrida fuqaro tanishini Lacetti avtomobilida urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi. Voqeaga janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi va uning ishi qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan malakalandi. gazeta.uz »
Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 16 yoshli qiz burun operatsiyasida vafot etdi. Qizning qarindoshlari taxmin qilishicha, uning o‘limiga nafas yo‘llariga tampon tiqilib qolgani va buning natijasida u nafas ololmay qolgani sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tergov boshlangan. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti mamlakatda har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi zarar yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizni tashkil qilmoqda. gazeta.uz »
Andijonda 65 yoshli mast fuqaro tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Medal viloyat hokimi tomonidan marhumning oila a’zolariga topshirildi. gazeta.uz »
Kursk viloyatining sobiq rahbari va Rossiya sobiq transport vaziri Roman Starovoyt, Tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilib vafot etdi. Putin uni bugun lavozimidan bo‘shatgandi. Rossiya OAV unga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgani va o‘lim bir sutka avval sodir bo‘lganini yozmoqda. gazeta.uz »
Atoqli davlat arbobi, Buxoro viloyati sobiq hokimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Damir Yadgarov uzoq hastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
2024-yili O‘zbekistonda mingdan ziyod odam giyohvandlik vositalaridan kuchli zaharlangan va ularning 10 nafarida o‘lim holati kuzatilgan. Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazidan ma’lum qilishlaricha, vafot etganlarning 4 nafari “dorixona narkotiklari"dan zaharlangan edi. gazeta.uz »
“Liverpul” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Ispaniyada avtohalokatda vafot etdi. 28 yoshli futbolchi 5 kun avval to‘yidan suratlarni ulashgandi. Jota 2020-yildan beri “Liverpul” tarkibida o‘ynab kelayotgandi. gazeta.uz »
Xo‘jaobod tumanida uyida janjal chiqargan mast fuqaro uni zararsizlantirish maqsadida kelgan profilaktika inspektorini pichoqladi. Oqibatda xodim shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Hozirda 65 yoshli gumonlanuvchi qidirilmoqda. gazeta.uz »
Haj-2025 mavsumi davomida O‘zbekistondan borgan 8 nafar hoji ziyorat vaqtida vafot etdi. Haj ibodati tugaganidan so‘ng 40 nafardan ziyod ziyoratchi xorijga chiqish pasportlarini yo‘qotgan. gazeta.uz »
Mirobod tumanida 11 yoshli qiz elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. U ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish maqsadida do‘kon tomiga chiqqan bo‘lgan. Tushish paytida tom yaqinidagi elektr simlariga tegib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. gazeta.uz »
Termiz shahrida Damas haydovchisi 11-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashdi. Oqibatda 17 yoshli yigit shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
Kompozitor, professor, “Do‘stlik” ordeni sohibi Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi. U 250 dan ortiq qo‘shiqni (jumladan, 1997-yilda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasini) bastalagan. gazeta.uz »
Davlat va jamoat arbobi, arxeolog olim Zafar Hakimov 82 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida O‘zbekiston Badiiy fondi direktori, madaniyat vaziri, Prezident apparatida yetakchi konsultanti, O‘zteleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan. gazeta.uz »
Toshkentda sodir bo‘lgan kuchli shamol oqibatida daraxt ikki fuqaroni bosib qoldi. Ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchisi reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. gazeta.uz »
Paxtachi tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida yuz bergan janjal oqibatida 18 yoshli yigit vafot etdi. Voqeaga Instagram’dagi tortishuv sabab bo‘lgani aytilmoqda. “Yolg‘iz farzandim edi. Orzulari juda katta edi. Bir umr kechirmayman”, - deydi marhumning onasi. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yonilg‘i shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. Keyinchalik shifoxonaga yotqizilgan yana bir fuqaro ham vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumlar shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkentda svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatlangan Lacetti haydovchisi 12 yoshli piyodani urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi. Hozirda haydovchi ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi, haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Jizzax shahrida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ko‘p qavatli uy tagidagi savdo do‘koniga kelib urildi. Oqibatda haydovchi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Istanbul shahrida 19 yoshli o‘zbekistonlik o‘zi yashab turgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etdi. Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi hamkorligida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. gazeta.uz »
23-aprel kuni Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga zilzila vaqtidagi kuchli qo‘rquv sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola sinov ukolisiz antibiotik yuborilishi sabab vafot etgani aytilmoqda. Marhum yaqiniga ko‘ra, klinika rahbari jasadni ekspertizaga bermaslik uchun $30 ming taklif qilgan. gazeta.uz »
Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi. Fevral oyida u nafas yo‘llari infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan va bir oydan ko‘proq vaqtni kasalxonada o‘tkazgandi. gazeta.uz »
Rossiyaning Kaliningrad viloyatida 4 erkak is gazidan zaharlanib vafot etdi, OAV ularning o‘zbekistonlik ekani va bir oycha oldin ishlash uchun kelganini yozdi. “Yigitlar 25 yoshlarda edi… Ko‘p ishlab, uyga kam kelishardi. gazeta.uz »
Olot tumanida 3-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining uyidagi quduqqa tushib ketib, vafot etdi. Uni qutqarishga uringan erkakni ahvoli og‘irlashgan, shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. U “Maysaraning ishi”, “Boy ila xizmatchi”, “Alisher Navoiy”, “Oq kema” kabi spektakllarni sahnalashtirgan. gazeta.uz »
Muborak tumanida uxlab qolgan Nexia haydovchisi uch nafar profilaktika inspektori bo‘lgan mashina bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir xodim voqea joyida va biri esa shifoxonada vafot etdi, yana biri kasalxonada davolanmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonga Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasida ishtirok etish uchun kelgan Zambiya Milliy assambleyasi kotibi Roy Ngulube vafot etdi. Zambiya parlamenti uning vafotiga “qisqa muddatli kasallik” sabab bo‘lganini bildirdi. gazeta.uz »
Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanida yong‘in oqibatida vafot etgan bolalar soni 3 nafarga yetdi. Ular yerto‘lada sellofan, o‘tin va xashaklarni yoqqani uchun yong‘in chiqqandi va bir bola voqea joyidayoq halok bo‘lgandi, ikki bola shifoxonaga yotqizilgandi. gazeta.uz »
Shou-biznes yo‘nalishidagi jurnalist Jasur Hamroyev 42 yoshida vafot etdi. Tarmoqlarda uning vafotiga buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Faoliyatini “Darakchi” gazetasida boshlagan jurnalist keyinchalik shov-shuv.uz internet saytiga asos solgan. gazeta.uz »
5-mart kuni Chirchiqda ikki erkak o‘rtasidagi janjalda biri ikkinchisiga og‘ir jarohat yetkazdi. Jabrlanuvchi keyinroq kasalxonada vafot etdi. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, janjal maishiy masala yuzasidan boshlangan, biroq marhumning onasi o‘g‘li kaltaklanayotgan ayolni himoya qilganini da’vo qilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, texnika fanlari nomzodi, Toshkent politexnika instituti Qo‘qon filiali asoschilaridan biri No‘monxon Abbosxonov 90 yoshida olamdan o‘tdi. gazeta.uz »