Buxoroda 3-sinf o‘quvchisi eski quduqqa tushib ketib vafot etdi
Olot tumanida 3-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining uyidagi quduqqa tushib ketib, vafot etdi. Uni qutqarishga uringan erkakni ahvoli og‘irlashgan, shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
âàôîò - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Olot tumanida 3-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining uyidagi quduqqa tushib ketib, vafot etdi. Uni qutqarishga uringan erkakni ahvoli og‘irlashgan, shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. U “Maysaraning ishi”, “Boy ila xizmatchi”, “Alisher Navoiy”, “Oq kema” kabi spektakllarni sahnalashtirgan. gazeta.uz »
Muborak tumanida uxlab qolgan Nexia haydovchisi uch nafar profilaktika inspektori bo‘lgan mashina bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir xodim voqea joyida va biri esa shifoxonada vafot etdi, yana biri kasalxonada davolanmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonga Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasida ishtirok etish uchun kelgan Zambiya Milliy assambleyasi kotibi Roy Ngulube vafot etdi. Zambiya parlamenti uning vafotiga “qisqa muddatli kasallik” sabab bo‘lganini bildirdi. gazeta.uz »
Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanida yong‘in oqibatida vafot etgan bolalar soni 3 nafarga yetdi. Ular yerto‘lada sellofan, o‘tin va xashaklarni yoqqani uchun yong‘in chiqqandi va bir bola voqea joyidayoq halok bo‘lgandi, ikki bola shifoxonaga yotqizilgandi. gazeta.uz »
Shou-biznes yo‘nalishidagi jurnalist Jasur Hamroyev 42 yoshida vafot etdi. Tarmoqlarda uning vafotiga buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Faoliyatini “Darakchi” gazetasida boshlagan jurnalist keyinchalik shov-shuv.uz internet saytiga asos solgan. gazeta.uz »
5-mart kuni Chirchiqda ikki erkak o‘rtasidagi janjalda biri ikkinchisiga og‘ir jarohat yetkazdi. Jabrlanuvchi keyinroq kasalxonada vafot etdi. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, janjal maishiy masala yuzasidan boshlangan, biroq marhumning onasi o‘g‘li kaltaklanayotgan ayolni himoya qilganini da’vo qilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, texnika fanlari nomzodi, Toshkent politexnika instituti Qo‘qon filiali asoschilaridan biri No‘monxon Abbosxonov 90 yoshida olamdan o‘tdi. gazeta.uz »
Jizzax shahrida yuk mashinasi Lacetti va yo‘lovchi mikravtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda 3 nafar fuqaro vafot etdi, yana 13 kishi jarohatlandi. Shifoxonadagi bemorlarning ahvoli stabil og‘ir baholanmoqda. gazeta.uz »
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi 14 yoshli bola 9-qavatdan yerga yiqilib tushdi. U mutaxassislar yordamiga qaramay, shifoxonada vafot etdi. Tekshiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Rossiyaning Perm o‘lkasida ro‘y bergan YTHda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana 3 kishi turli xil jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirildi. Vafot etganlarning jasadi ortga qaytarilgan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarjimon va yozuvchi Otabek Shodmon 79 yoshida vafot etdi. Adib “Do‘rmon hangomalari”, “Mirzakalon Ismoiliy saboqlari”, “Shirmonbuloq oqshomlari” kabi kitoblar yozgan. Tolstoy va Nesinning hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida yetti kishi, jumladan, besh nafar bola gazdan zaharlanib vafot etdi. Viloyat hokimligi halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanini ma’lum qildi. O‘zbekiston FVVning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida o‘zbekistonlik oilaning 7 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ularning 5 nafari bolalardir. Ular mamlakatda vaqtincha yashayotgan bo‘lgan. Viloyat hokimligi hodisa yuzasidan komissiya tuzilgani, dafn marosimi o‘tkazilishini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi. U bir qator internet nashrlarda, jumladan, “Gazeta.uz” sayti hamda Aksent loyihasida faoliyat yuritgan. 2021-yilda “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi va shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi. U qator she’r va dostonlar yozgan, xususan, “Xayrli tun” she’riy to‘plami bilan muxlislarga yaxshi tanish. gazeta.uz »
O‘zbekiston xalq artisti, maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini “Oltin fond”ga muhrlagan. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasida 42 yoshli mahkumni devor bosib qoldi. U oradan besh kun o‘tib, shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Jomboy tumanida 11-sinf o‘quvchisi Lacetti boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Oqibatda o‘smir og‘ir jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Ñåíàò ðàèñè Òàíçèëà Íàðáàåâà Øèðèí Àáäóëëàåâà âàôîòè ìóíîñàáàòè áèëàí òàúçèÿ áèëäèðäè. ru.sputniknews-uz.com »
Xonanda, Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva 20 yoshga to‘lmay, kasallik tufayli vafot etdi. “Shaolin jang san’atini o‘rgangan. Rus, xitoy, ingliz tillarini mukammal bilardi. Kinolarda rol ham ijro etgan”, - deb eslamoqda uni taniganlar. U namanganlik tadbirkor Bahodir Abdullayevning qizidir. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol eri tomonidan kaltaklanganidan so‘ng bir necha kun o‘tib ahvoli yomonlashgan va shifoxonada vafot etgan. Zo‘ravonlikka uchragan ayol dastlab holatni mahalla idorasiga ma’lum qilgan. gazeta.uz »
“Bozor ko‘rmagan yigit” filmidagi ijrosi hamda “Televizion miniatyuralar teatri”dagi komedik rollari bilan tanilgan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshda vafot etdi. U “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. gazeta.uz »
Turkiya poytaxtida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgan 33 kishi vafot etdi. Bosh konsulxona ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini bildirdi. 14-yanvardan buyon Istanbul va Anqarada qalbaki alkogol iste’molidan vafot etganlar soni 103 kishiga yetdi, ularning 23 nafari - o‘zbekistonlik. gazeta.uz »
Qarshi shahrida drift qilishga uringan 19 yoshli Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Zarba kuchliligi oqibatida mashinada bo‘lgan uning ikki do‘sti vafot etdi. gazeta.uz »
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Matviyevskaya 95 yoshida vafot etdi. O‘zbekistonda sharqshunoslik fanining rivojiga hissa qo‘shgan atoqli olima “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. gazeta.uz »
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi. Ularning orasida ikki nafar ayol ham bo‘lgan. gazeta.uz »
American Airlines`ning Bombardier CRJ700 samolyoti 60 nafar yo‘lovchi bilan halokatga uchradi. U Vashingtonning Reygan nomidagi milliy aeroporti yaqinida AQSh armiyasi vertolyoti bilan to‘qnashib, Potomak daryosiga qulab tushdi. gazeta.uz »
Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan. gazeta.uz »
Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »
Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Buxoro viloyati perinatal markazida 33 yoshli ayol farzand dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etdi. U kasalxonaga tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi, qog‘onoq suvlari ketishi va umumiy holsizlik holatida olib kelingan. gazeta.uz »
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Vafot etganlarning umumiy soni 17 taga yetdi, 5 kishi bo‘lsa Istanbulda jonlantirish bo‘limida qolmoqda. gazeta.uz »
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Shunday qilib, vafot etganlar soni 14 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, Istanbuldagi shifoxonalarda 3 o‘zbekistonlik jonlantirish bo‘limida yotibdi. gazeta.uz »
Turkiyada qalbaki alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni oshdi. Istanbuldagi bosh konsulxona 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, ammo keyinroq so‘nggi qurbon haqidagi xabar o‘chirib tashlandi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi. gazeta.uz »
23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. gazeta.uz »
“Bedana” qo‘shig‘i bilan xalqqa tanilgan xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi. gazeta.uz »
2024-yilda vafot etgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova, bosh vazir o‘rinbosari Erkin Samandar, akademik Behzod Yo‘ldoshev, “Boysun madonnasi"ni chizgan Vladimir Burmakin, xalq artistlari To‘lqin Tojiyev va Shafoat Rahmatullayeva, xonanda Bobomurod Hamdamov, bastakor Musaxon Nurmatov va boshqalarni xotirlaymiz. gazeta.uz »
AQShning 39-prezidenti, mamlakatni 1977-yildan 1981-yilgacha boshqargan Jimmi Karter 100 yoshda vafot etdi. U tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Siyosatchi 2015-yildan beri onkologik kasallikdan aziyat chekardi. gazeta.uz »
Andijon viloyatida “O‘zbekiston” konyagini iste’mol qilish oqibatida 22 kishi o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari vafot etgan. Viloyat prokuraturasi spirtli ichimlikda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Hindiston sobiq bosh vaziri Manmohan Singh 92 yoshida vafot etdi. U mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar me’mori va “iqtisodiy liberallashtirish qahramoni” hisoblanadi. Singh 2004-yildan 2014-yilgacha bosh vazir sifatida ishlagan. gazeta.uz »
“O‘zbekiston yangiliklari” sayti bosh muharriri, “Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi” NNT direktori Viktor Mixaylov vafot etdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. U “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Andijonning Asaka tumanida er-xotin ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston xalq artisti, dublyaj san’ati ustasi va aktyor To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi. U “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Fillar mening do‘stlarim”, “Avtomobildan saqlaning” kabi filmlarga ovoz bergan va ko‘plab kinolarda rol ijro etgan. gazeta.uz »
Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos va yozuvchi Mahkam Mahmudov 84 yoshda vafot etdi. Adib “Abadiyat lahzalari”, “Men - men emasman”, “Mangu kuy izlab” singari asarlar yozgan. Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun unga “El-yurt hurmati” ordeni berilgan. gazeta.uz »