Ðåçóëüòàòîâ: 57

Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun aldov yo‘li bilan shartnoma tuzdirilgani aytilgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam berildi

O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyadagi tergov hibsxonasida RF Qurolli kuchlari safida xizmat qilish shartnomasiga aldov yo‘li bilan imzo chektirilgani aytildi. Murojaatdan so‘ng Sankt Peterburgdagi Bosh konsulxona ishga aralashdi va fuqaroning xizmat qilishga qarshiligi inobatga olinib, shartnoma tuzilmaydigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-11-13 08:24

Davlat idoralari hududlaridan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan mavsumiy faoliyatni amalga oshirish uchun ijara huquqi asosida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-4 10:52

Octobank Humans kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi va kompaniya ustidan sudga da’vo arizasi kiritadi

Octobank Humans moliyaviy xizmatini o‘z tizimidan uzganini ma’lum qildi. 13-iyundan boshlab Visa kobeyjing kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. Bank Humans kompaniyasidan 500 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish va yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi. gazeta.uz »

2025-6-12 12:47

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi

Prezident “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. U yuqori daromadli tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etgan va iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shgan “tadbirkorlik subyektlarining ilg‘or va tashabbuskor rahbarlari va ta’sischilari”ga beriladi. gazeta.uz »

2024-9-5 16:00

Tadbirkorlarning tovar, xizmat va resurslari erkin harakatlanishi qonunda mustahkamlandi

Qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarining hududiy prinsip bo‘yicha tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining erkin harakatlanishini cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlashga qarshi qo‘shimcha kiritildi. Bu norma avvalroq Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgandi. gazeta.uz »

2024-8-31 15:27