Javohir Sindarov Daniel Naroditskiy xotira turnirining rapid yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov AQShda o‘tkazilgan birinchi Daniel Naroditskiy xotira turnirining rapid bahslarida g‘alaba qozondi. Yetti turdan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda hindistonlik Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi, so‘ngra uni blits-tay-breykda 2:0 hisobida mag‘lub etdi. gazeta.uz »
