Ðåçóëüòàòîâ: 23

Javohir Sindarov Pragnanandhani yana mag‘lub etib, Nomzodlar turnirida peshqadamligini mustahkamladi

Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. U Rameshbabu Pragnanandha ustidan ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqiblarining parallel kechgan uchrashuvidagi durang natija esa unga turnir yakunlanishiga to‘rt tur qolganda oradagi farqni 2 ochkogacha oshirish imkonini berdi. gazeta.uz »

2026-4-10 19:37

“Imkon qadar ishonchli o‘ynadim”. Sindarov — Nomzodlar turniridagi durang va tayyorgarlik jarayonining sizib chiqqani haqida

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 8-turida Andrey Yesipenko bilan qayd etilgan durangga izoh berib, ishonchli strategiyani tanlaganini aytdi. O‘z tayyorgarligining tarqalib ketgani haqida gapirarkan, u gap eski variantlar haqida ketayotgani, shundan so‘ng o‘zi ancha ehtiyotkor bo‘lib qolganini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-4-8 06:00

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining birinchi davrasini yakka peshqadam sifatida yakunladi

Grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining yettinchi turida Anish Giri bilan durang o‘ynadi. U biroz ustunlikka ega bo‘ldi, biroq raqib aniq himoyalana oldi. Birinchi davra yakunlariga ko‘ra, 20 yoshli Sindarov 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ardi va ishonchli tarzda peshqadamlikni saqlab qolmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 21:39

“Uning vaqtiga o‘ynadim”. Javohir Sindarov — Nomzodlar turnirida Praggnanandxa ustidan g‘alabasi haqida

Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Bu natija uni Nomzodlar turniri yetakchilari qatoriga olib chiqdi. U ongli ravishda tavakkal qilganini va raqibining “vaqtiga o‘ynaganini” tan oldi. U Grand Chess Tour elita seriyasiga ham taklif oldi. gazeta.uz »

2026-4-1 08:28

“Saylov haqida bir kun oldin aytishdi”, “Nomzodlar ko‘proq bo‘lishi kerak”. Mahalla raislari saylovlari qanday o‘tdi?

O‘zbekistonda 1,5 oy davom etgan mahalla raislari saylovlari yakuniga yetdi. Gazeta muxbiri gaplashgan ayrim fuqarolar saylov va nomzodlar haqida bir kun oldin e’lon qilinganini ta’kidladi. “Kech eshitganim uchun ham saylovga bormadim”, “Menimcha, erkak kishi rais bo‘lgani yaxshiroq, bitta gapiradi” deydi ular. gazeta.uz »

2025-6-21 09:20