Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining birinchi davrasini yakka peshqadam sifatida yakunladi
Grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining yettinchi turida Anish Giri bilan durang o‘ynadi. U biroz ustunlikka ega bo‘ldi, biroq raqib aniq himoyalana oldi. Birinchi davra yakunlariga ko‘ra, 20 yoshli Sindarov 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ardi va ishonchli tarzda peshqadamlikni saqlab qolmoqda. gazeta.uz »