Ðåçóëüòàòîâ: 15

Senat qurilishlarni tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yubordi

O‘zbekiston Senati Vazirlar Mahkamasiga qurilishlarni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan parlament so‘rovi yubordi. Unda ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilish qilinayotgani va umumiy foydalanish joylarini to‘sib olish kabi holatlar muammo sifatida qayd etilgan. gazeta.uz »

2025-8-2 10:05

Hokim va vazirlar topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokim va vazirlar proaktiv, ya’ni topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart ekanini ta’kidladi. “Aholi va biznes so‘rayotgan masalalarni tez-tez hal qilib berish bu rahbarlarning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”, - dedi davlat rahbari. gazeta.uz »

2025-6-16 07:44

Vazirlar deputatga aylanadimi? Markaziy saylov komissiyasi raisi javob berdi

MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev proporsional saylov tizimi bo‘yicha partiyalar ro‘yxatida nomzodi ilgari surilgan vazirlar deputatga aylanishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi. Uning aytishicha, bu nomzodlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, ular 5 kun ichida MSKga o‘z qarori to‘g‘risida ariza berishi kerak. gazeta.uz »

2024-10-28 12:09

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilmoqda

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi. gazeta.uz »

2024-5-25 16:58