Ðåçóëüòàòîâ: 13

O‘zbekiston AQSh kompaniyalarining kichik yadro reaktorlarini o‘rganadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston Amerikaning “dunyo atom energetikasi yetakchisi” bo‘lgan kichik yadroviy reaktor texnologiyalarini o‘rganishga tayyor, dedi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev Gazeta’ga. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat atom energetikasi sohasida hamkorlik va texnologiyalar diversifikatsiyasini davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2025-11-11 18:04

“Qachon boshlaysizlar?” “O‘zatom” rahbari Jizzax viloyatida AES qurilishiga aholining munosabati haqida

Jizzax aholisi AES qurilishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ishlarning boshlanishini kutmoqda, deb ma’lum qildi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tgan World Atomic Week forumida. Uning aytishicha, aholi ushbu loyihani mintaqani rivojlantirish va hayot sifatini oshirish uchun “turtki” deb bilmoqda. gazeta.uz »

2025-9-30 13:52

O‘zbekistondagi kichik AES narxi 2 mlrd dollardan oshmaydi — “O‘zatom” rahbari

“O‘zatom” rahbari O‘zbekistondagi kichik AESning qiymati 2 mlrd dollardan past bo‘lishini ma’lum qildi. Loyiha Rossiya mablag‘larini jalb qilmasdan, tashqi investitsiyalar va Xitoyning imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan, dedi u. Ular davlat budjetini minimal darajada ishlatmoqchi. gazeta.uz »

2025-3-24 13:06

O‘zbekistonda kichik AES loyihasi jadvaldan oldinda ketmoqda — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda kichik AES qurilishi jadvaldan oldinda, birinchi beton 2026-yilning ikkinchi choragida quyilishi rejalashtirilgan, dedi “O‘zatom” rahbari. Stansiya uchun Fransiya va Xitoy texnologiyalari ko‘rib chiqilmoqda, loyiha MAGATE tomonidan nazorat qilinadi. “Bu shunchaki parranda fabrikasi qurish emas”, dedi u. gazeta.uz »

2025-3-24 11:34

“O‘zatom” rahbari: Rossiyaning O‘zbekistondagi kichik AES reaktori — tajriba emas, balki sinovdan o‘tgan texnologiya

O‘zbekistonda kichik AESni qurish uchun Rossiya texnologiyasini tanlash 2018-yildagi kelishuv va sinovdan o‘tgan yechimlarning mavjudligi bilan bog‘liq, dedi “O‘zatom” rahbari. Unga ko‘ra, mamlakat tajriba uchun poligon bo‘lmaydi - Rossiyaning suv-suvli yadroviy reaktori quruqlikdagi stansiyalar uchun moslashtirilgan. gazeta.uz »

2025-3-24 23:12

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilmoqda

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi. gazeta.uz »

2024-5-25 16:58