Ðåçóëüòàòîâ: 46

O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident iqtisodiyotning energetikaga yuqori darajada bog‘liqligi sharoitida gidroenergetikani rivojlantirishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. Hukumat energiya tizimining barqarorligini oshirish maqsadida gidroenergetika sohasida 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-5-1 12:53

Ekologiya sohasida nazorat va javobgarlikni oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi takliflar bilan tanishdi. Unda atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar uchun javobgarlikni oshirish, moliyaviy sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish, noyob maskanlarni saqlash va ularni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. gazeta.uz »

2026-4-30 17:51

O‘zbekistonda erta ta’lim sohasida Markaziy Osiyodagi birinchi Tadqiqot va innovatsiyalar markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda YUNISEF va Fondazione Reggio Children ko‘magida Erta ta’lim bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot va innovatsiya markazi tashkil etildi. Markaz bola shaxsiga yo‘naltirilgan sifatli ta’limni rag‘batlantiradi va bola hayotining dastlabki yillarida tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:15

O‘zbekiston va Afg‘oniston logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi

O‘zbekistonning Sogdiana Trans va Afg‘onistonning Khan Daqiq Trading kompaniyalari Kobulda logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi. Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Boltikbo‘yiga yuk yetkazib berish hamda Yevropa, MDH, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-26 10:48

To‘qimachilik sohasida eksport oldi moliyalash tizimini yo‘lga qo‘yish uchun 200 mln dollar ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yilishi, buning uchun 200 mln dollar mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Tizim eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari to‘liq ishga solinmagan boshqa bir qator sohalar uchun ham joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-8-20 12:07

Bojxona sohasida tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

Bojxona qo‘mitasi huzurida appelyatsiya kengashi tashkil etildi. Kengash bojxona sohasida tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq murojaatlarni o‘rganadi. Kengash, shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlariga oid taklif va tavsiyalardan iborat xulosalar tayyorlashi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-1 13:12

O‘zbekiston xizmatlar sohasida soliq yukini kamaytirish, lekin budjet daromadlarini saqlab qolishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati xizmat ko‘rsatish sohasida soliq yukini kamaytiradigan, lekin budjet daromadlari hajmini saqlab qoladigan yechim ustida ishlamoqda, dedi Soliq qo‘mitasi rahbari. U ko‘plab soliq tizimlarini sanab, tadbirkorlarga aylanma soliqni bekor qilish masalasini muhokama qilishni taklif qildi. gazeta.uz »

2025-7-6 07:00

O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Migratsiya agentligi raisi Behzod Musayev Shvetsiya migratsiya vaziri bilan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, tashkillashtirilgan tizim yaratish, shved mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni boshlash masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi. gazeta.uz »

2025-6-25 09:28

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi. gazeta.uz »

2024-9-12 08:03

“To‘qimachilik sohasida yagona to‘g‘ri yo‘limiz — mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash” — prezident

Mamlakatning xomashyo bazasi kamida 15 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini bermoqda, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni an’anaviy arzon bozorlardan (Rossiya, Xitoy, Turkiya) “yangi, qimmatroq"lariga yo‘naltirish zarur. gazeta.uz »

2024-4-18 20:47