“O‘zkimyosanoat” “Samarqandkimyo”dagi ulushini 30 mln dollarga sotib oldi — avvalroq zavod investorga bepul berilgan edi
“O‘zkimyosanoat” “Samarqandkimyo” kimyo zavodining 16,92 foiz ulushini 30 mln dollarga sotib oldi. 2020-yilda korxona investorga “nol” qiymatda majburiyatlar, shu jumladan, 2023-yil 1-iyulgacha yangi majmuani ishga tushirish sharti bilan berilgan, biroq bu amalga oshirilmagan. Qurilish ishlari 34,6% ga bajarildi. gazeta.uz »




