Ðåçóëüòàòîâ: 36

BAA va Gruziyadan firibgarlik va odam savdosida gumonlangan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan 4 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning uch nafari firibgarlik va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanib BAAda, yana biri o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib Gruziyada ushlangan. Ular qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2026-5-4 16:04

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidentiga O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefonda suhbatlashdi. Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat xalqaro huquq tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev BAAdagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. gazeta.uz »

2026-3-4 15:43

BAA kompaniyasi Surxondaryoda qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlashda ishtirok etadi

Surxondaryo viloyatida BAAning Katawazai Group of Companies kompaniyasi bilan qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlash bo‘yicha investitsion loyiha amalga oshiriladi. Tomonlar TIAni ishlab chiqish, loyihani bosqichma-bosqich joriy etish va tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy ishlarini boshlashga kelishib oldi. gazeta.uz »

2026-1-15 15:45

BAA kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin

BAAning Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin. Korxona rahbari hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Dastlabki bosqichda 200 kishi ishga jalb qilinadi, ular yuqori mehnat samaradorligini ko‘rsatsa, yana 500 o‘zbekistonlik ishga chaqiriladi. gazeta.uz »

2025-10-24 08:23

BAA kompaniyasi O‘zbekistondagi “Yashil Energiya”ning 51 foiz ulushini sotib oldi

BAAning GSU kompaniyasi quyosh panellarini o‘rnatish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi “Yashil Energiya” kompaniyasining 51 foiz ulushini sotib oldi. Kompaniya kichik quyosh energetikasi, mini GESlar va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasini rivojlantirishga 27 mln dollar sarmoya kiritadi. gazeta.uz »

2025-9-26 15:28

O‘zbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 28-may kuni boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Jamoa 5-iyun kuni BAA, 10-iyun kuni esa Qatarga qarshi o‘ynaydi va ular orqali jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-26 12:31