Ðåçóëüòàòîâ: 12

O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning kompaniyalari bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazini tashkil etiladi. Markaz gaz va ko‘mir kimyosi, chuqur kimyoviy tahlil, sorbentlar, katalizatorlar, nano va kompozit materiallar kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashadi. gazeta.uz »

2026-3-11 15:09

Toshkentda BAAning DP World kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi. gazeta.uz »

2025-10-12 07:54

“Toshkent” fond birjasi Franklin Templeton va NASDAQ bilan hamkorlikda modernizatsiya qilinadi

Shavkat Mirziyoyev Nyu Yorkda NASDAQ fond birjasi raisi Adena Fridman hamda Franklin Templeton prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda “Toshkent” fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish kabi rejalar ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-9-23 01:32