Ðåçóëüòàòîâ: 54

Nukuslik talaba qizga prezident sovg‘asi sifatida Volkswagen elektromobili topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus davlat texnika universiteti talabasi Ayzada Asanovaga Volkswagen elektromobilini sovg‘a qilishni topshirdi. U “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishida g‘olib bo‘lib, Belgiyada o‘tadigan xalqaro tanlovga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. gazeta.uz »

2026-7-2 12:44

Toshkent aviatsiya habi sifatida: nega faqat yangi aeroportning o‘zi yetarli emas? TXIF ekspertlari shu haqda

Toshkent Markaziy Osiyo aviatsiya habiga aylanishi mumkin, ammo buning uchun faqat yangi aeroportning o‘zi yetarli emas, deb hisoblaydi investitsiya forumi sessiyasi ishtirokchilari. Kuchli bazaviy aviakompaniya, flot, kadrlar, to‘g‘ri tartibga solish, raqamlashtirish, yagona master-reja kerak. Batafsil - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-6-23 07:37

Suv iqtisodiy resurs sifatida. Mintaqadagi suv inqiroziga qarshi qanday kurashish kerak? TXIF ekspertlari fikri

MOda suv inqirozi nafaqat ekologik, balki iqtisodiy muammo ham. Suv tanqisligi kuchaygani sari unga bo‘lgan talab ham ortmoqda. TXIF ekspertlari mintaqa darajasida qishloq xo‘jaligini yuritish va resurslarni boshqarishga bo‘lgan yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida nima deydi - Gazeta sharhida. gazeta.uz »

2026-6-20 07:29

“Germaniya MOni geosiyosiy raqobat maydoni sifatida ko‘rmaydi. Mintaqa davlatlari uchun bu prinsipial ahamiyatga ega” — Eldor Aripov

Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik mantig‘i qanday o‘zgarmoqda, tomonlarning manfaatlari qayerda kesishadi va yaqin yillarda qaysi yo‘nalishlar asosiy bo‘ladi? Gazeta Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov bilan suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-4-23 21:30

BAA kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin

BAAning Dubai Taxi Company PJSC kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin. Korxona rahbari hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Dastlabki bosqichda 200 kishi ishga jalb qilinadi, ular yuqori mehnat samaradorligini ko‘rsatsa, yana 500 o‘zbekistonlik ishga chaqiriladi. gazeta.uz »

2025-10-24 08:23

Ekspert O‘zbekistonda shifokorlarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ishlashga ruxsat berishni taklif qildi

O‘zbekistonda shifokorlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida ishlashiga ruxsat berish taklif qilindi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu shifokorlarga bemorlarga shifoxonalardan tashqarida qonuniy maslahat berish imkonini beradi, aholini qamrab olish darajasini oshiradi va qo‘shimcha soliq tushumlarini yaratadi. gazeta.uz »

2025-7-23 12:32

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi sifatida Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar jalb qilinadi

Endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi. Shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2024-11-7 16:12

Davlat tili butun jamiyatni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayram bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tili butun jamiyatni, tili va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni yagona xalq sifatida birlashtirishga xizmat qilishi zarur”, - dedi prezident. gazeta.uz »

2024-10-21 15:27

Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-9-25 15:18

Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »

2024-6-13 22:01

Sudyalarni og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish mumkinligi belgilanmoqda

O‘zbekistonda sudyalarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi unga nafaqat o‘ta og‘ir, balki og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham qo‘llanishi mumkinligi belgilanmoqda. Senat tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Normadan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish ekani aytildi. gazeta.uz »

2024-3-30 15:33