“Andijon do‘ppisi” va “So‘qoq somsasi” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
“Andijon do‘ppisi” va “So‘qoq somsasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi. Qayd etilishicha, bu ularning kelib chiqish manbasi va hududiy mansubligini belgilab, mahsulotning madaniy qiymatini huquqiy jihatdan himoya qiladi. gazeta.uz »