Ðåçóëüòàòîâ: 49

JCH-2026: Marsh, faqat olg‘a!

Jahon chempionati start olishiga bir necha hafta qoldi - teskari sanoq allaqachon boshlangan. Gazeta ishtirokchilarni muxlislarga tanishtirishda davom etadi. “B” guruhida tezkor Kanada, barqaror Shveysariya, g‘oyalar tanqisligiga uchragan Qatar, shuningdek, matonatli va tavakkalchi Bosniya va Gersegovina to‘p suradi. gazeta.uz »

2026-5-14 08:08

Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports faqat asosiy faoliyat turi bilan shug‘ullanadi, nosohaviy ishlar autsorsingga o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish rejalashtirilmoqda: xarajatlar qisqartiriladi, “begona” xizmatlar autsorsingga o‘tkaziladi. Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports 2026-yildan faqat asosiy faoliyatiga e’tibor qaratadi, nosohaviy xarajatlar to‘xtatilishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-2 18:33

Ïðåìüåðà óçáåêñêîé íîâîãîäíåé êîìåäèè «Faqat 12 dan keyin»: çàãàäî÷íûå êîðîáêè, ñåìåéíûå öåííîñòè è ïðàçäíè÷íûé þìîð

 ïðåääâåðèè Íîâîãî ãîäà óçáåêñêèé êèíåìàòîãðàô ïîäàðèë çðèòåëÿì ñâåæèé ãëîòîê ïîçèòèâà: 30 äåêàáðÿ 2025 ãîäà âî Äâîðöå íàöèîíàëüíîãî êèíîèñêóññòâà Óçáåêèñòàíà (áûâøèé êèíîòåàòð «Ïàíîðàìíûé») ñîñòîÿëàñü ïðåìüåðà ôèëüìà «Faqat 12 dan keyin…» («Òîëüêî ïîñëå 12…»). nuz.uz »

2026-1-1 19:17

“Elektr energiyasi ishlab chiqarish jihatdan masalamiz yo‘q. Faqat tarmoqlarda ishni davom ettirish kerak” — vazir

O‘zbekiston to‘liq elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega va qishda cheklovlar kutilmayapti (favqulodda vaziyatlardan tashqari), dedi energetika vaziri. Uning ta’kidlashicha, asosiy muammolar 35 foizi 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlayotgan elektr tarmog‘ining eskirishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2025-10-30 18:10

Endi faqat isitish va ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan hududlarga gaz ulanmaydi — Energovazirlik

O‘zbekistonda gazni faqat “yoqish”, jumladan, isitish va ovqat tayyorlash uchun ishlatadigan iste’molchilar uchun gaz yetkazib berish bo‘yicha texnik shartlar berish to‘xtatildi. Bu haqda bosqichma-bosqich elektr energiyasiga o‘tish rejalarini izohlar ekan, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-10-29 19:34

“Faqat adolat kutyapman”. Furqat tumani IIB xodimlari tahqirlagan ayol ishi bo‘yicha sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudi Furqat tumani IIB xodimlari tahqirlab, kaltaklagan ayol ishini ko‘rib chiqmoqda. Sudda audio-videoga ruxsat berilmadi. “Faqat adolat kutyapman… Hech qaysi ayolga bu kunni tilamayman, nohaqlikdan dodlab yig‘lamasin, ko‘chada yuzshuvut bo‘lmasin”, - dedi Gulira’no Qosimova. gazeta.uz »

2025-10-9 15:00

“Boj stavkalari faqat qonun darajasida belgilanishi lozim” — Bobur Bekmurodov

“Yuksalish” harakatiga ko‘ra, shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha bojsiz limitlar fuqarolarga qo‘shimcha xarajat va bozorda raqobatning pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Harakat raisi stavkalarni qonun darajasida belgilash, Vazirlar Mahkamasi esa tartiblarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-10-7 09:43

“Yo‘l infratuzilmasidagi muammolar faqat raqamlar emas, inson hayoti bilan bog‘liq”. “Yuksalish” yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolarni o‘rgandi

Minglab yo‘l belgilari va yuzlab svetoforlar o‘rnatilgani haqida hisobotlar berilmoqda, ammo bu yo‘llarni xavfsizroq qilmayapti. “Yuksalish” harakati infratuzilmaga oid qator qoidabuzarliklar: yo‘l va trotuarlarning yomon holati, bitmagan ishlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik kabilarni aniqladi. gazeta.uz »

2025-6-25 14:02

“Buzuq amaliyot qaytmoqda”. Taksichilik qiluvchilar faqat o‘z viloyati va unga tutash hududda faoliyat yuritishi kerakligi tasdiqlandi

O‘zbekistonda taksi haydovchilari faqat o‘z hududi va qo‘shni viloyatlarda ishlashi mumkin bo‘lgan cheklovlar qo‘llanila boshlandi. Bu yangi litsenziyalash qoidalariga asoslangan. Iqtisodchining fikricha, bunday cheklovlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini buzadi va tirbandlikka qarshi kurashda samarasizdir. gazeta.uz »

2025-6-12 09:17

O‘zbekistonda import dorilarni faqat rasmiy importchilar va ularning dilerlari sotishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda farmatsevtika kompaniyalari va dorixonalar ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yishi va elektron to‘lov qabul qilishi shart bo‘ladi. Belgilanmagan yoki qalbaki dori sotganlik uchun litsenziya to‘xtatiladi, importlarini esa rasmiy importchilar yoki ularning dilerlari sotishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-5-27 12:32

“Besh oy ichida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga, oilamga va eng yaqinlarimga ayon” — Komil Allamjonov

Komil Allamjonov unga suiqasd qilishda ishtirok etganlar qamalganidan so‘ng voqea haqida post qoldirdi. “O‘tgan 5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga, oilamga, eng yaqinlarimga ayon. Haqiqat egilganda egilib, bukilganda ham 2 bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga chiqdi. Yuzaga chiqadi ham”, deya yozdi u. gazeta.uz »

2025-2-12 15:06

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar

Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di. gazeta.uz »

2024-11-27 18:09

HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konlarda sotish mumkin bo‘ladi — ILMA

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat o‘yinidan olingan HMSTR tokenlarini faqat ruxsat etilgan kriptobirja va kriptodo‘konda sotish mumkinligini ma’lum qildi. Kriptoaktivlar aylanmasi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi. gazeta.uz »

2024-9-26 11:16

“Energiya islohotimiz faqat bitta qadam bo‘lib qolib ketadi, degan qo‘rquv bor” — deputat Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev elektr energiyasi tannarxini shakllantirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yo‘qligini ta’kidladi. “Hozir biz narxlarni go‘yoki tannarxgacha olib kelyapmiz, lekin bunday shaffoflik yo‘q tizim bilan tannarxlar yana ikki barobar oshib ketmasligiga kim kafolat beradi?” - dedi u. gazeta.uz »

2024-7-1 20:26

“O‘zbekiston amerikaliklarga viza berishni yengillashtirishi kerak. Bundan faqat o‘zbekistonliklar yutadi”

Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida. gazeta.uz »

2024-3-19 10:55