Ðåçóëüòàòîâ: 21

AQSh Hurmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni “olib chiqishga” yordam berishini e’lon qildi

Tramp AQSh Hurmuz bo‘g‘ozida “Ozodlik” operatsiyasini boshlaganini e’lon qildi. Uning doirasida, Trampning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘ozda qolib ketgan kemalarni xavfsiz olib chiqishga ko‘maklashiladi. U operatsiyani insonparvarlik ishorasi deb atab, har qanday aralashuvga kuch bilan javob qaytarilishidan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2026-5-4 12:58

“Eron aholisi urush va repressiv hukumat o‘rtasida qolib ketdi”. BMT missiyasi AQSh va Isroilning Eron bilan urushini qoraladi

BMT mustaqil missiyasi Isroil va AQShning Eronga qarshi hujumlarini, shuningdek, Tehronning mintaqa bo‘ylab bergan zarbalarini qoraladi. “Eron aholisi keng ko‘lamli harbiy kampaniya va inson huquqlarini uzoq vaqtdan beri qo‘pol ravishda poymol qilib kelayotgan hukumat o‘rtasida qoldi”, - deyiladi bayonotda. gazeta.uz »

2026-3-5 12:37

O‘zbekistonda mart oyidan buyon bojxonada qolib ketgan vitrinali muzlatkichlar savdo nuqtalariga yetkazildi

O‘zbekistonda ichimlik ishlab chiqaruvchilari bojxonada uch oydan ortiq vaqt qolib ketgan vitrinali muzlatkichlarni sertifikatlash muammosini hal qildi. UzBev ijrochi direktori Alfiya Musinaning aytishicha, 5 mingdan ortiq vitrinali muzlatkichlar sertifikatlarga ega bo‘lib, savdo nuqtalariga yetkazildi. gazeta.uz »

2025-7-16 14:09

“Energiya islohotimiz faqat bitta qadam bo‘lib qolib ketadi, degan qo‘rquv bor” — deputat Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev elektr energiyasi tannarxini shakllantirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar yo‘qligini ta’kidladi. “Hozir biz narxlarni go‘yoki tannarxgacha olib kelyapmiz, lekin bunday shaffoflik yo‘q tizim bilan tannarxlar yana ikki barobar oshib ketmasligiga kim kafolat beradi?” - dedi u. gazeta.uz »

2024-7-1 20:26