Ðåçóëüòàòîâ: 18

Farg‘onada qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 4 kishining vafotiga sabab bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

Farg‘onada qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, 4 kishining vafotiga sabab bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi. May oyida 25 yoshli Nexia 3 haydovchisi Tico bilan to‘qnashgan, uning 65 yoshli haydovchisi voqea joyida, yana ikki bola va bir ayol shifoxona vafot etgan. Jabrlanuvchilarga 100 mln so‘m undirib beriladi. gazeta.uz »

2025-11-3 15:51

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga shartli hukm chiqarilib, 2 yil sinov muddati belgilandi

Yashnobod tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni mashinasida urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 56 yoshli shaxsni sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qildi. Ayblanuvchi, shuningdek, 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. gazeta.uz »

2025-10-21 16:05

Samarqandda 8 nafar piyodani bosib ketib, 1 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga qamaldi

Samarqandda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 kishini bosib ketib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganlar orasida jiyani va farzandini yetaklab ketayotgan homilador ayol halok bo‘lgan. Marhumaning uch nafar farzandi onasiz qolgan. gazeta.uz »

2025-9-30 12:01

“Afrosiyob” relsiga beton shpal yotqizib ketib, poyezdga jiddiy zarar yetkazgan temiryo‘l xodimlari qamaldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga qo‘poruvchilik qilgan ikki temiryo‘lchi sud hukmi bilan 12 va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular poyezd harakat yo‘lini 110 kg og‘irlikdagi temir-beton shpal bilan to‘sib qo‘ygani oqibatida poyezdga jiddiy shikast yetgan. gazeta.uz »

2025-8-14 17:00