Toshkentda FVV qutqaruvchisi yong‘inni o‘chirish vaqtida halok bo‘ldi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi turar joyda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish vaqtida FVV qutqaruvchisi, 33 yoshli kapitan Boburmirzo Pardayev halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Vaqtida - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi turar joyda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish vaqtida FVV qutqaruvchisi, 33 yoshli kapitan Boburmirzo Pardayev halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Iyul oyi boshida Toshkentda qurilish kompaniyasi tomonidan kanalizatsiyaga shikast yetkazilishi oqibatida Salar kanaliga qariyb 64 ming metr kub suyuq chiqindi noqonuniy ravishda oqizildi. Bundan tashqari, tuproq ham ifloslangan. Kompaniya 2,22 mlrd so‘mdan ortiq tovon puli to‘lashi kerak. gazeta.uz »
Markaziy bank O‘zbekistonning qariyb 5800 aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ishtirokchilarning 77%i o‘zi yoki oila a’zolarida qarz borligini aytgan. Qarzdor respondentlarning 61%i uni o‘z vaqtida to‘lash qiyinligini aytgan, qariyb yarmi esa qarz to‘lovlariga oila daromadining yarmidan ko‘prog‘ini sarflamoqda. gazeta.uz »
Toshkentning Shayxontohur tumanida elektr tarmog‘i xodimi ish vaqtidagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u narvondan tushayotganda yiqilib, boshi temir konstruksiyaga urilgan. gazeta.uz »
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Cobalt haydovchisi charchoq oqibatida boshqaruv vaqtida uxlab qolib, YTHga uchradi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u shifoxonada vafot etdi. Yil boshidan beri viloyatda shunday hodisalar soni 10 taga yetgan, ularda uch kishi halok bo‘lgan. gazeta.uz »
Mundialning “I” va “J” guruhlarida Argentina va Fransiya g‘alaba bilan start oldi. Lionel Messi va Kilian Mbappe ilk daqiqadan bosh rollarga chiqdi. Dmitriy Povarov sharhi favoritlar JCHdagi kutilmagan natijalar haqidagi gap-so‘zlarni qanday qilib yana o‘z joyiga tushirgani haqida. gazeta.uz »
Epshteyn hatto uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtida ham meni 3 yil davomida zo‘rlab kelgan, dedi o‘zbekistonlik ayol AQShdagi eshituvda. Modellik va’dasi bilan AQShga chaqirilgan jabrlanuvchi o‘sha yillarda “adolatga bo‘lgan ishonchi so‘ngani”, yaqinda fayllarda shaxsi ochiqlangach esa ruhiy bosim ostida qolganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Vashington sudi Donald Tramp ishtirokidagi kechki ovqatda otishma sodir etishda gumonlanayotgan Koul Tomas Allenga nisbatan AQSh prezidentining hayotiga qasd qilish ayblovini e’lon qildi. Ushbu jinoyat uchun umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan. gazeta.uz »
Ramazon oyi davomida Toshkentdagi taroveh namozi o‘qiladigan masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 00:00 ga qadar cheklanadi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 31 yoshli erkak burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Holat ortidan xususiy klinika shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi ochilib, muassasa faoliyati to‘xtatildi. Marhum oilali, ikki farzandning otasi bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkent shahridagi xususiy shifoxonada burun jarrohligi vaqtida 9 yoshli bola vafot etdi. Bosh prokuratura tekshiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda endi sotuvchilar jismoniy shaxs bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni kelishilgan muddatlarda yetkazib bermagani uchun tovarning 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi. gazeta.uz »
Senat Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida fuqarolik mudofaasi mexanizmini yaratish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Hujjat favqulodda vaziyatlarda a’zo mamlakatlarning o‘zaro yordamini, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishda tajriba almashishni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 6-iyun kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha hayit namozi o‘qiladigan yigirmaga yaqin masjidlar yaqinidagi ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda sotuvchilar tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni kelishilgan muddatlarda yetkazib bermaganlik uchun tovarning 0,5 foizi miqdorida penya to‘lashi belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. gazeta.uz »
O‘tgan yili O‘zbekistonda mehnat jarayoni bilan bog‘liq 868 ta baxtsiz hodisa kuzatildi. Oqibatda 261 nafar kishi vafot etdi. Bandlik vazirligiga ko‘ra, xodimlar yoki ularning oila a’zolariga 3 mlrd so‘mdan ziyod tovon pullari undirib berildi. gazeta.uz »
23-aprel kuni Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga zilzila vaqtidagi kuchli qo‘rquv sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurilishni vaqtida yakunlamagan Zamin great city kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Muddat 2024-yil 4 chorak etib belgilangan, ammo uy hozirgacha topshirilmagan, jarayon esa to‘xtab qolgan. gazeta.uz »
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarni o‘z vaqtida pasport yoki ID-karta olishga chaqirdi. Bu hujjatlar OTMga kirish jarayonida ABITUR elektron dasturi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur. gazeta.uz »
30-mart kuni Toshkentdagi 124 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qiladi. Tartibni saqlash uchun shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha ularga olib boruvchi yo‘llar yopiladi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 28-fevraldan boshlab taroveh namozi o‘qiladigan vaqtda - soat 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi. Ro‘yxat. gazeta.uz »
“O‘zenergoinspeksiya” yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish va iste’mol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchilarda sutkaning istalgan vaqtida tekshiruvlar o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »
Prezident farmoniga muvofiq, endi “O‘zenergoinspeksiya” xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sutkaning istalgan vaqtida yoqilg‘i-energetika resurslari bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazishi mumkin. Tekshiruv boshlanganidan so‘ng 24 soat ichida vakolatli organni xabardor qilish kerak. gazeta.uz »
Uchtepa tumanining avval ham uch marta sudlangan hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tanishlari orqali yer maydoni olib berishni va’da qilgan. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nazorat reyd tadbiri vaqtida 4 nafar noma’lum shaxs tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi. Ular mashinasida yo‘lni to‘sib, inspektorlar faoliyatiga to‘sqinlik qildi. gazeta.uz »
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida shifokorlar aybi bilan homilador qiz va uning homilasi halok bo‘lgani haqida video tarqaldi. SSV shifokorlar bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli operatsiya qilishga qaror qilganini ma’lum qildi. Tekshiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
Xizmat vaqtida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan harbiylar uchun sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarga to‘lov bir yil davomida amal qiladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. gazeta.uz »
Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” - “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi. gazeta.uz »
Poytaxt hokimi qarori bilan Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun 6 mlrd so‘m ajratildi. gazeta.uz »
Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda. gazeta.uz »
Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. gazeta.uz »
May oyida Kia Stinger haydovchisi Toshkentdagi avtotyuning ustaxonasi hududidagi poyga vaqtida avtotuning_uz Instagram sahifasi asoschisini urib yuborgan, u shifoxonaga olib ketilayotganda halok bo‘lgandi. gazeta.uz »
Toshkent metrosining vagonlaridan birida kichik oyna sindi. Metropoliten tirqish yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat sabab singanini ma’lum qildi. gazeta.uz »
“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq Saudiya tomoni vafot etganlarning umumiy soni 1300 dan oshganini bildirgandi. gazeta.uz »
Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan. gazeta.uz »
Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Firibgarlikda gumonlanib, tergovga jalb qilingan defektolog Dilorom Jabborova “Ovoz” nomli markaz ochgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani muassasa unga tegishli emasligini, uning tergov davomida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi. gazeta.uz »
Raqobat qo‘mitasi Humo Air 2024-yilda 284 ta aviareysni bekor qilgani va yo‘lovchilar chipta pulini qaytarib ololmayotganini bildirdi. Oqibatda iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonun buzilgan. gazeta.uz »
Toshkent shahrida 10-martdan boshlab taroveh namozi o‘qiladigan vaqtda - soat 19:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi. Ro‘yxat. gazeta.uz »