“Lokomotiv” — “Bunyodkor” o‘yini vaqtida IIB xodimlari uchrashuv komissarini bo‘linmaga olib ketdi
Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” - “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi. gazeta.uz »
