O‘zbekistonliklarni Saudiyada tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalarida ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiyada mehnat migratsiyasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalariga ishchi kuchini jalb qilishni muhokama qildi. Kadrlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, malaka imtihonlari va qonuniy ishga joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »














