Ðåçóëüòàòîâ: 44

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari noqonuniy egallab olingan yerga hujjat berish evaziga pora olayotganda ushlandi

Qoraqalpog‘istondagi tumanlarning birida kadastr bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlovchi shaxs pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerga qurilgan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 ming dollar olgan. gazeta.uz »

2026-5-4 07:53

“Tolibon” tepasidagi bo‘linish: ayollar ta’limi, dunyoga ochilish va internetdan foydalanish borasidagi farqli qarashlar

BBC bir yillik surishtiruvini e’lon qildi, unga ko‘ra, “Tolibon” ichida Afg‘oniston kelajagi bo‘yicha ikki xil qarashga ega guruhlar shakllangan. Qandahordagi oliy rahbar va Qobuldagi vazirlar o‘rtasida yashirin kurash mavjud bo‘lib, ayollar ta’limi, dunyoga ochilish va internetdan foydalanish borasida keskinlik bor. gazeta.uz »

2026-1-21 11:41

“Sudya ishni yuzaki ko‘rib chiqdi”. Maktab ta’limi vazirligini sudga bergan tarix o‘qituvchilari ham yutqazdi

Attestatsiya jarayonidan norozi bo‘lib, Maktab ta’limi vazirligini sudga bergan 4 nafar tarix o‘qituvchisining shikoyati sud tomonidan rad etildi. Da’vogarlarning advokatiga ko‘ra, sudya hujjatlarni tahlil qilmay, ishni yuzaki ko‘rib chiqqan, appelyatsiya shikoyati kiritish reja qilinmoqda. Batafsil. gazeta.uz »

2025-11-23 13:54

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2025-1-10 16:04

Shavkat Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda bir necha kun avval Rossiya QK generali Igor Kirillov o‘ldirib ketilgani yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi va mamlakat “ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashini” ta’kidladi. General o‘limida O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-12-19 21:06

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari

Namanganda Gentra avtomashinasini ijaraga olgan 5 nafar o‘quvchi katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Bu yil boshidan buyon shaharda mashina ijaraga olgan o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan to‘rtinchi YTH bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz. gazeta.uz »

2024-10-10 13:38

Maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalarni berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi”ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-5-14 08:55

Bekobodda bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bosh hisobchisi tadbirkorlar bilan kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish evaziga 950 mln so‘m pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »

2024-2-26 15:10